Abdullaeva Simela Xristoforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nofilologik OTMlarda rus tilini o‘qitishda talabalarga axborot-kommunikatsiya leksikasiga o‘rgatish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Ped590.
Ilmiy rahbar: Axmedova Laylo Tolibjonovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora O‘rinbaevna,pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Nargiza Erikovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nofilologik OTM talabalariga axborot-kommunikatsiya leksikasini o‘rgatish metodikasini ilmiy dalillash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalar tomonidan kasbga yo‘naltirilgan leksikani tushunish qiyinchiliklar darajalarini aniqlash hamda AKT leksikasining metodik tipologiyasini differensial yondashuv integratsiyasi asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish metodikasi taklif qilingan;
AKT leksikasiga o‘rgatish bo‘yicha murakkabligi yuqori, o‘rta, past darajali yondashuv asosida didaktik ta’minot takomillashtirilgan;
leksikaning umumiy foydalanish, umumiy texnik va boshqa atama tizimlari bilan bog‘liqligini hisobga olgan holda AKT leksikasining tasnifi taklif qilingan;
stoxastik, bazaviy, intensiv darajalar asosida rus tilining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha metodika taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik OTMda AKT leksikasini o‘qitish metodikasi bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalar tomonidan kasbga yo‘naltirilgan leksikani tushunish qiyinchiliklar darajalarini aniqlash hamda AKT leksikasining metodik tipologiyasini differensial yondashuv integratsiyasi asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish metodikasi bo‘yichataklif «Russkiy yazik. Integrativniy kurs (po napravleniyu obrazovaniya «Telekommunikatsionnie texnologii»)» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabr`dagi 89-04-1866-son ma’lumotnomasi). Natijada, AKT sohasida talabalarning leksik ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini boshqarish samaradorligi oshgan;
AKT leksikasiga o‘rgatish bo‘yicha murakkabligi yuqori, o‘rta, past darajali yondashuv asosida takomillashtirilgan didaktik ta’minot «Russkiy yazik. Integrativniy kurs (po napravleniyu obrazovaniya «Televizionnie texnologii»)» o‘quv qo‘llanmasi tuzilmasiga kiritildi, shuningdek, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekston” teleradiokanalining “Ta’lim va tarraqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabr`dagi 89-04-1868-son, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 14 avgustdagi O‘zIR-1-153-son ma’lumotnomalari). Natijada,talabalarda AKT leksikasidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon beruvchi didaktik ta’minot ishlab chiqilgan;
leksikaning umumiy foydalanish, umumiy texnik va boshqa atama tizimlari bilan bog‘liqlikni hisobga olgan holda AKT leksikasining taklif qilingan tasnifi asosidagi metodik tavsiyalar 18.08.2018 yilda BD-5330500-3.05-son bilan tasdiqlangan “Rus tili” fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Ta’lim va tarraqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 sentyabr`dagi 89-04-1869-son, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 14 avgustdagi O‘zIR-1-153-son ma’lumotnomalari). Natijada, talabalarningga kasbiy nutqigako‘nikmalarini zamonaviy talablarga muvofiq o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
ilmiy tadqiqot natijasida taklif etilgan stoxastik, bazaviy, intensiv darajalar asosida rus tilining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha metodikasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga, TATU Qarshi, Farg‘ona va Samarqand filiallari, Nukus davlat pedagogika instituti, Toshkent moliya institutlarning o‘quv jarayonlariga joriy qilingan, shuningdek, PZ-20170927537-sonli “Umumta’lim maktab o‘quvchilari kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabr`dagi 89-03-3671-son, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabr`dagi 89-03-4234-sonli ma’lumotnomaslari) hamda Pragadagi Chexiya texnik universitetda Erasmus+ loyihasi doirasidagi o‘tkazilgan seminarda “Raznourovneviy podxod v obrazovatel`nom protsesse” nomli ma’ruzada taqdim etilgan (Innovative Teaching Education in Mathematics 598587-ERR-1-2018-EPPKA2-CBHE-JP-ENV2 PROJECT, 18th& 19th of June 2019 loyihasi). Natijada, nofilologik OTMlar talabalarining AKT leksikasidan foydalanishdagi kommunikativ kompetensiyasi darajasi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish