Shavazi Nargiz Nuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etilmagan xomiladorlikda qog‘onoq suyuqligining muddatidan oldin ketishini prognoz qilish va oldini olish», 14.00.01 – Akusherlikva ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib540.
Ilmiy rahbar:Sultanov Saidazim Nasirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkan davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar:Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaybulina Zarina Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda amniotik suyuqlikning muddatidan oldin oqishi prognozi va oldini olish optimal usullarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xavf omillarini  o‘z vaqtida baxolamaslik 63,1% xollarda erta tug‘ilishni rivojlanishiga olib kelishi aniqlangan;
amninotik suqlikni muddatidan oldin oqishi va mudatdan oldin tug‘ruqni prediktorlarigaendoteliy disfunksiyasi markerlarining oshishi yani Villebrand faktori, eriydigan adgeziya molekulalari sICAM-1, konda metalloproteinazlarning oshishi, kin surtmasida fetal fibronektinini aniklanishi, bachadon buynini 25 mm dan kamligi ekanligi aniklangan;
antitrombin III ning pasayishi bilan trombomodulin, sICAM-1, S oqsilining qon zardobida ko‘payishi amninotik suqlikni muddatidan oldin oqishi xafida matriksli metalloproteinazalarning faolligi oshishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
amninotik suqlikni muddatidan oldin oqishi xafi bilan bo‘lgan homilador ayollarda MMP-3, MM-9  metalloproteaza faolligi va TIMP-1 ingibitori faolligining pasayishi qayd etilgan, bu mudatdan oldin tug‘ruqning xavf omili bo‘lib xizmat qilinishi tasdiklangan;
bachadon bo‘yin uzunligi 25 mm dan kam bo‘lib, MMR-3 ning ko‘payishi va surtmada FF ni mavjudligida akusherlik pessariy qo‘llash natijasida 100% hollarda amninotik suqlikni muddatidan oldin oqishini oldini olishi tasdiqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mudatdan oldin tug‘ruqdaamninotik suqlikni muddatidan oldin oqib ketishining prognozi va oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy ish natijalariga asrsida:
"Homila membranalarning erta yorilib ketishini prognoz qilish" bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining №8n-r/441 xulosasi). Taklif etilgan tavsiyalar homilador ayollarda amninotik suqlikni muddatidan oldin oqishi va mudatdan oldin tug‘ruq xavfi bo‘lgan prognozni takomillashtirishga imkon bergan. 
"Amniotik suyuqlikni muddatidan oldin oqishi bilan tug‘ruqni boshqarish dasturi " EVM dasturi ishlab chiqilgan va joriy qilingan (01.25.2019 y. DGU 20190066).Ushbu dastur yuqori xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarda profilaktika va davolash tadbirlarining samaradorligini oshirish, akusherlik va perinatal asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.
Olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotida, xususan SamMI 1-klinikasida va Samarqand viloyat perinatal markazida tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining №8n-3/62 xulosasi 18 iyun 2020 y.). Erishilgan natijalarni perinatal yo‘qotishlar ehtimolini, kesarcha kesish operatsiyasiga bo‘lgan ehtiyojni, onada va homilada asoratlarni 24% ga kamaytirishga, shuningdek, ijobiy natijalarni 2 baravar oshirishga imkon bergan.
 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                