Djumaniyazova Nasiba Satimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada ikkilamchi immun tanqisligida yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malarini immunomodulyasiya xususiyatlarini o‘rganish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib710.
Ilmiy rahbar: Razikova Ilmira Sadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Suyarov Akram Amirkulovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada ikkilamchi immun tanqisligida yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malarini immunomodulyasiya xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor me’yorda va ikkilamchi immuntanqislikning beshta modelida (nurlanish kasalligi, gemolitik anemiya, o‘tkir toksik gepatit, imuranindusirlangan immuntanqislik, immobillangan stress) yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simlik yig‘malari va ekstraktlari («filipil» va «tribulipil») in vivo va in vitro tizimida immun tizimidagi o‘zgarishlarni korregirlash xususiyati aniqlangan;
ilk bor «filipil» va «tribulipil» o‘simlik damlama va ekstraktlari, xamda uzunbargli kiprey damlamasi sichqonning periferik qonida qo‘y eritrotsitlariga antitanalar titrini oshirish xususiyatiga ega ekanligi isbotlangan;
xar xil etiologiyali ikkilamchi immuntanqislik xolatida yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simlik yig‘malari va ekstraktlari markaziy (timus, suyak ko‘migi) va periferik (taloq, limfa tugunlar) immunitet a’zolari hujayralari xamda qon hujayralarining (eritrotsitlar, leykotsitlar) umumiy miqdorini mutanosib ravishda tiklashi aniqlangan;
dorivor o‘simliklar yig‘masi ekstraktlari va damlamalari intakt va immuntanqisligi mavjud tajribadagi xayvonlarning immunologik va gemotologik ko‘rsatkichlarining o‘zaro korrelyasion bog‘liqligini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribada ikkilamchi immuntanqisligida yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malarini immunomodulyasiya xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Filipil i tribulipil immunomodullash xususiyatlarini aniqlash va baholash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 iyundagi 8n-d/144-son ma’lumotnomasi).Mazkur uslubiy tavsiyanoma yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malari ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida immun tizim xolatini immunomodulyasiya qilish uchun xizmat qilgan;
mahalliy xomashyodan olingan yangi yallig‘lanishga qarshi o‘simliklar yig‘malarining immunomodulyasiya xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va Toshkent farmatsevtika institutining dori vositalari sintezi va farmakotoksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-z/76-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar mahalliy xom-ashyodan olingan, immunomodullovchi faollikka ega bo‘lgan o‘simlik dori vositalarini ishlab chiqarishga asos bo‘ladi. Ikkilamchi immuntanqislik jarayonlarida nurlanish kasalligi, gemolitik anemiya, o‘tkir toksik gepatit, imuranindusirlangan immuntanqislik va immobillangan stressda immunologik va gematologik ko‘rsatkichlar holatini me’yorlashga imkon yaratgan.