Otemisov Aziz Zarliqbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq tilidagi fitonimlarning tarixiy-lingvistik tahlili», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil813.
Ilmiy rahbar: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ibragimov Yuldash Matkarimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq tilidagi fitonimlarning shakllanish va rivojlanish yo‘llari, nomlanish sabablarini ko‘rsatish, fitonimlarning yasalish usullari, tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlash, fitonimlarning qo‘llanish xususiyatlari va ularning qoraqalpoq tilining lug‘at tarkibida tutadigan o‘rnini belgilashdan iborat.
III.Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida fitonimlarning tarixiy qatlamlari aniqlanib, ayrim fitonimlarning etimologiyasi ochib berilgan;
fitonimlar leksik-mavzuviy guruhlarga ajratilib, til faktlari yordamida ularning xususiyatlari dalillangan, ba’zi o‘simlik nomlarining atalish sabablari o‘rganilib, ular haqida umumiy xulosalar chiqarilgan;
fitonimlarning qoraqalpoq adabiy tili leksikasida tutgan o‘rni, atoqli otlarda, parema va frazeologizmlar tarkibida, shuningdek, badiiy asarlarda qo‘llanish xususiyatlari va ahamiyati ochib berilgan; 
fitonimlarning yasalish usullari va tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma fitonimlarga ajratilishi, sodda fitonimlar affiksli yoki affikssiz bo‘lishi, qo‘shma so‘z shaklidagi fitonimlarning ajratib va qo‘shib yoziladigan fitonimlarga ajralishi, ularning tipik modellari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
qoraqalpoq tilida fitonimlarning leksik-semantik xususiyatlari, qo‘llanishiga doir ilmiy-nazariy umumlashmalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga qarashli umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Ona tili» fanining mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 01-01/10-1734-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitiladigan «Ona tili» darslarida kasbiy so‘zlar, terminlarga oid mavzularning mazmunini boyitish imkonini bergan. 
fitonimlarning badiiy asarlarda qo‘llanish xususiyatlariga oid xulosalardan Berdaq va I.Yusupov nomli muzeylardagi qoraqalpoq mumtoz shoirlari asarlarida qo‘llanilgan o‘simlik nomlari ma’nolari va uslubiy xususiyatlarini yoritishda muhim ilmiy manba sifatida foydalanilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 2-03/849-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirlar asarlarida qo‘llanilgan fitonimlarning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari, to‘g‘ri, ko‘chma va timsoliy, ramziy ma’nolarda aks ettirilishi haqidagi ma’lumotlar berishga erishilgan. 
fitonimlarning leksik-semantik, morfologik xususiyatlarini o‘rganish orqali olingan nazariy-amaliy umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-A1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, xususan, fitonimlarning hosil bo‘lish manbalari, leksik sathlarini aniqlashda, fitonimlarning qoraqalpoq tili leksikasida tutgan o‘rnini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 29 iyundagi 104/1-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik-semantik, affiksatsiya va so‘z qo‘shilish usullari orqali yasalgan fitonimlarning tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma bo‘lishi, sodda fitonimlarning affiksli va affikssiz kelishi, qo‘shma fitonimlarning komponent tarkibi aniqlangan. 
fitonimlarning ichki va tashqi omillar yordamida hosil qilinishi, ularning adabiy tildagi o‘rni, qo‘llanish xususiyatlari haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston telekanalining «Erkin fikr» ko‘rsatuvi va Qoraqalpog‘iston radiokanalining «Tilga e’tibor – elga e’tibor» eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2020 yil 30 iyundagi, 01-02/134-son ma’lumotnomasi). Shu asnoda, qoraqalpoq tilida fitonimlarning tartibga solinishi, ularning imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilishi, qoraqalpoqcha o‘simlik nomlarining qayta tiklanishi bilan bog‘liq ma’lumotlar keng ommaga targ‘ib etilgan.
fitonimlarga oid xulosalardan o‘simliklarning qoraqalpoqcha nomlanishi, ularning leksik-semantik guruhlari, yasalish usullari va tuzilishiga ko‘ra turlarini belgilashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 3 iyul`dagi 02/18-5-1351-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan fitonimlarning imlo xatolarisiz to‘g‘ri yozilishi, Respublika Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasidagi hujjatlarning adabiy til me’yorlariga muvofiq olib borilishi ta’minlangan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish