Axmedova Muqaddasxon Tursunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Amir Temur davlatida xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslari», 12.00.01 – «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi» ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Yu103.
Ilmiy malahatchi: Mirakulov Miravzal Mirodilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; To‘laganov Abdumannop Abdujabborovich, yuridik fanlar doktori, professor; Berdiyarov Shuxrat Namazbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Amir Temur davlatida xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslarini davlat va huquq tarixi, huquqiy ta’limotlar tarixi nuqtai nazaridan chuqur va tizimli o‘rganish orqali ilmiy-nazariy tahlil etishga qaratilgan xulosa va taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashrifini uyushtirishning amaliy ahamiyati siyosiy-huquqiy jihatdan asoslab berilgan;
harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi harbiy xizmatni o‘tash tartibini, ichki ta’minotini, uy-joy, tibbiy va pensiya ta’minoti bugungi kun nuqtai nazaridan o‘rganilib, ilmiy asoslantirilgan; 
qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishning xavfsizlikni ta’minlashdagi samarali mexanizmlarini ishlab chiqish tarixiy-huquqiy jihatdan ilmiy asoslantirilgan;
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan etuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash ilmiy asoslab berilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tuzish bo‘yicha Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish lozimligi haqidagi taklif asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Amir Temur davlatida xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
yosh avlodni mamlakatimizning tarixiy joylariga va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga doimiy tashrifini uyushtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son Qarorining 7-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash  boshqarmasining 2020 yil 17 iyuldagi 12/20-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi Amir Temur davrini o‘rganish orqali yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga hissa qo‘shgan;
harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi harbiy xizmatni o‘tash tartibini, ichki ta’minotini, uy-joy, tibbiy va pensiya ta’minotiga oid takliflardan Mudofaa doktrinasining “IV. Doktrinaning harbiy-iqtisodiy jihatlari” bo‘limi, 35-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2020 yil 6 iyundagi 14/1705-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan; 
qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevralda qabul qilingan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son Qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash  boshqarmasining 2020 yil 17 iyuldagi 12/20-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish va ularga munosib bo‘lish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga ega yoshlarda g‘urur va iftixorni kuchaytirishga xizmat qilgan;
milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan etuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevralda qabul qilingan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-son Qarorining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash  boshqarmasining 2020 yil 17 iyuldagi №12/20-10-son ma’lumuotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan etuk yoshlar zarurligi va harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekanini anglab etishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi Nizomni yangi tahrirda tasdiqlash, uning viloyat hokimliklari huzurida mintaqaviy bo‘linmalarini tuzishni nazarda tutadigan Prezident qarori loyihasini ishlab chiqishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil  24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2738-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturning 1-ilovasi VII-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2020 yil 6 iyundagi 14/1705-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatan taqdiri uchun yot va begona ta’sirlardan mustahkam immunitetni shakllantirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish