Xamidov Odiljon Abduvoxidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shimoliy Baqtriyaning Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklari», 07.00.06 - Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2018.3.PhD/Tar363.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich,tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilganmuassasanomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019. TAR.45.01
Rasmiy opponentlar: Matboboev Boqijon Xoshimovich, tarix fanlari doktori, professor;Xasanov Mutalib Xasanovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchitashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shimoliy Baqtriyaning qo‘lda yasalgan naqshli sopollar madaniyatidavrigaoid yangi sug‘orilish rayoni va unda joylashgan arxeologik yodgorliklarni (Burguttepa, Kayrittepa), ularning tasnifini, ashyoviy topilmalari tipologiyasini fanga kiritish, moddiy manbalar asosida Qadimgi Baqtriyada ilk zardushtiylikning vujudga kelishi masalalarini yoritish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Poshxurd-Zarabog‘ botig‘ida aniqlangan so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid 10 ta qishloq tipidagi yodgorlik, 220 ta dahma va 175 ta petrogliflari misolida yangi Zarabog‘ sug‘orilish rayoni ajratildi;
Burguttepa va Kayrittepa yodgorligida olib borilgan qazishmalarda aniqlangan me’morchilik qoldiqlari asosida Shimoliy Baqtriya Kuchuk I davri me’morchiligi lokal xususiyati – qishloq manzilgohlarini tosh devor bilan o‘rab olinganligi aniqlangan;
Zarabog‘ sug‘orilish rayonida aniqlangan kata (marhumlarni vaqtida saqlash joyi) inshooti va dahmalar asosida Kuchuk I davri aholisi dafn marosimlarida ilk zardushtiylik elementlari mavjudligi asoslab berildi;
Avesta matnlari va arxeologik manbalarni kompleks o‘rganish natijasida “vara” tushunchasi imorat bilan emas, balki, mamlakat bilan bog‘liqligi ko‘rsatib berildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Shimoliy Baqtriyaning Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklari» mavzusidagi falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurd-Zarabog‘ botig‘ida joylashgan so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklar (Burguttepa, Kayrittepa, dahmalar, petrogliflar)ning geografik o‘rni va ma’lumotlaridan Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan turizm marshrutlarini tuzishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 02-22/8783-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo viloyati so‘nggi bronza va ilk temir davri yodgorliklari asosida turizm ob’ektlari ro‘yxati yaratilgan;
Shimoliy Baqtriyaning Kuchuk I davriga oid yangi yodgorliklari - 10 ta qishloq tipidagi yodgorlik, dahma va petrogliflarning geografik o‘rni va tavsifi, ularningdavrini aniqlashda qo‘llangan uslublar, Qadimgi Baqtriyada ilk zardushtiylikning vujudga kelishi masalalari, zardushtiylikda dafn inshootlari “kata”, “dahma” ta’rifi va ularning qadimgi tariximizni o‘rganishdagi o‘rni haqidagi ma’lumotlar “O’zbekiston tarixi” telekanalida “Mavzu” ko‘rsatuvini tayyorlanishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUK ning 2020 yil 13 fevraldagi 02-10-363-son ma’lumotnomasi). Ushbu ko‘rsatuv tomoshabinlarga O‘zbekiston tarixining qadimgi davri tarixi, moddiy va ma’naviy hayoti, diniy dunyoqarashiga doir yangi ma’lumotlar bergan.