Umurzakova Xalima Xabibullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ipak tibbiyot dokasi uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T936.
Ilmiy rahbar: Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori,katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti,DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Alisher Yusupjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipakdan tibbiyot dokasi uchun xomashyo tayyorlash, doka assortimenti namunalarini olish vaxususiyatlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sifatli “3A” sinfiga mos xom ipak ishlab chiqarish uchun chiziqli zichliklarini nazorat qilish asosida pillalarni chuvishning texnologik parametrlari asoslangan;
tabiiy ipak tibbiyot dokasini ishlab chiqarish uchun turli yuza zichliklaridagi enini hisobga olgan holdaxomashyo tayyorlash texnologiyasi yaratilgan;
tibbiyot dokasini ishlab chiqarish uchun xom ipakka buram berib eshish asosidaipak iplarini tayyorlash usuli yaratilgan;
eshilgan va yigirilgan iplarning fizik-mexanik xususiyatlari tadqiqoti asosida tabiiy ipakdan tibbiyot dokasi namunalari ishlab chiqarilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ipak tibbiyot dokasi uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy ipak tibbiyot dokasi uchun xom ipakka buram berib eshilgan ipak ipini olish usuli bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirouchun patenti olingan (“Tibbiyot dokasini ishlab chiqarish uchun eshilgan ipak iplarini tayyorlash usuli”, №IAP05480- 2017 y.). Natijada, tabiiy ipakdan tibbiyot dokasi olish uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasini yaratish imkoni ochilgan;
tabiiy ipak tibbiyot dokasi uchun xomashyo tayyorlash texnologiyasi“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda, xususan, “BUKHARA BRILLIANT SILK” QKda, “XORAZM IPAGI” MChJda, “TURAN SILK” MChJ korxonalarida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 1 avgustdagi 4-2/1605-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro standart talablarining “3A” sinfiga mos xom ipak olish, yangi texnologiya va usulda ishlab chiqarilgan iplar assortimentini qo‘llashda ish unumdorligini 10-15%ga oshirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish