Otepbergenov Jetkerbay Sakbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.3.PhD/Ped.1081.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Davlatov Oybek G‘anievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi (komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari) axborotlarni izlash, qayta ishlash va qo‘llash bo‘yicha shaxsiy tajribani to‘plashga imkon beruvchi motivatsion-qadriyatli, bilishga doir, jarayonli-faoliyatli va refleksiv-baholovchi faoliyat natijasini aks ettiruvchi shaxsning integrativ dinamik xususiyatiga barqaror ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish jarayoni oliy pedagogik ta’lim jarayoniga kompyuterli modellashtirish texnologiyasini joriy etishning didaktik imkoniyatlarini (ijodiy topshiriqlarni bajarish, kompyuter yordamida amalga oshiriladigan faoliyat ob’ektlari rolini bajarishi) o‘qituvchining axborot-resurslari majmui bilan semantik aloqasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari (faoliyat mazmuni, shakl va metodlari) axborotlarni taqdim etishning chizma-tasviriy modellarini (freym, intellekt-karta, mantiqiy graf, metareja, tayanch konspekt, semantik tarmoq) qo‘llash vositasida talabalarni yangi bilimlar hamda amaliy faoliyat tajribasini o‘zlashtirish jarayonining intensivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning texnologik bosqichlari (chaqiriq, anglash, faoliyat, refleksiya)  o‘quv-bilish faoliyati tavsifiga mos keluvchi muammoli, hamkorlikda o‘qitish, individuallashtirish, izlanishli-tadqiqotchilik, o‘quv axborotlari ustida ishlash jarayonida yuqori motivatsiyani  rag‘batlantiruvchi metodlarni (emotsional-axloqiy vaziyatlarni yaratish; rag‘batlantirish; bilishga doir o‘yinlar; o‘quv munozarasi; istiqbolni prognozlash, o‘quv loyihasi) tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalari asosida:
talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi, komponentlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari, axborotlarni izlash, qayta ishlash va qo‘llash bo‘yicha shaxsiy tajribani to‘plashga imkon beruvchi motivatsion-qadriyatli, bilishga doir, jarayonli-faoliyatli va refleksiv-baholovchi faoliyat natijasini aks ettiruvchi shaxsning integrativ dinamik xususiyatlarini aniqlashtirishga doir takliflardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019  yil 27 dekabrdagi  89-03-5182-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ta’limda axborot texnologiyalari va ixtisoslik fanlari mazmunini kognitiv kompetensiyalar tizimiga asoslangan holda ishlab chiqishga xizmat qilgan;
axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirish mazmuni, oliy pedagogik ta’lim jarayoniga kompyuterli modellashtirish texnologiyasini joriy etishning didaktik imkoniyatlari, o‘qituvchining axborot-resurslari tuzilmasini aniqlashtirishga doir takliflardan pedagogika oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Ma’lumotlar bazasi” nomli darslikni  tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2018  yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘i, 531-008 raqamli guovhnoma). Natijada, talabalarning kognitiv kompetentligini rivojlantirishda kompyuterli modellashtirish texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
axborot ta’lim muhiti sharoitida talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish, axborotlarni taqdim etishning chizma-tasviriy modellarini qo‘llash vositasida talabalarning yangi bilimlar hamda amaliy faoliyat tajribasini o‘zlashtirish jarayonining intensivligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I-XT-0-19929 raqamli “Ta’lim jarayoni qoraqalpoq tilida tashkil etiladigan maktablarning 8-9 sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” (2014-2016 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019  yil 27 dekabrdagi  89-03-5182-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborot-texnologiyalari vositasida chizma-tasviriy modellarni yaratish va ularni  o‘quv jarayoni qo‘llay  bilish malakasini rivojlantirishga erishilgan;
 talabalarda kognitiv kompetentlikni rivojlantirishning texnologik bosqichlari, o‘quv-bilish faoliyati tavsifiga mos keluvchi muammoli, hamkorlikda o‘qitish, individuallashtirish, izlanishli-tadqiqotchilik, o‘quv axborotlari ustida ishlash jarayonida yuqori motivatsiyani rag‘batlovchi metodlarni tizimli qo‘llashga doir amaliy tavsiyalardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli (“RUECVET: Rossiya va O‘zbekiston ta’limi va kasbiy ta’limning milliy tizimi uchun (ECVET) sinov birligini (kreditlarni) ko‘chirishning Evropa tizimini pilotlashtirish” (2016-2019 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2019  yil 27 dekabrdagi  89-03-5182-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul` tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish