Zayniddinov Faxriddin Sharofiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pensiya tizimi daromadlarini ijtimoiy ta’minot va investision faoliyatga samarali sarflash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1.PhD/Iqt480.
Ilmiy rahbar: Xayriddinov Azamat Botirovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pensiya tizimi daromadlarini ijtimoiy ta’minot va investision faoliyatga samarali sarflash yo‘llarini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fuqarolarning shaxsiy pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘larini boshqarishda masofadan turib xizmat ko‘rsatish mexanizmini joriy etish asosida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti xizmatlarini takomillashtirish asoslangan;  
pensiya tizimi daromadlarini investision faoliyatga samarali sarflash maqsadida jamg‘arma mablag‘larini banklarga yuqori foizlarda kredit resursi sifatida yo‘naltirish taklif etilgan;
jismoniy shaxslar uchun pensiya loyihalarini (“Sayohat”, “Kelajakka ishonch” va h.k.) amaliy faoliyatga tadbiq etish asosida tizim daromadlarini ijtimoiy ta’minotga samarali sarflash asoslangan;
korporativ pensiya ta’minotini shakllantirish, pensiya tizimi daromadlarini ijtimoiy ta’minot va investision faoliyatga samarali sarflash hamda tashkilot tomonidan xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashda yuridik shaxslar uchun “Bizning faxrimiz” loyihasini joriy etish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pensiya tizimi daromadlarini ijtimoiy ta’minot va investision faoliyatga samarali sarflash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi faoliyatini takomillashtirish maqsadida fuqarolarning shaxsiy pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘larini boshqarishning masofadan turib xizmat ko‘rsatish mexanizmini joriy etish taklifi AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi amaliyotida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki”ning  2020 yil 7 fevraldagi №11/1-01-09-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimida xizmat ko‘rsatish xarajatlarining kamayishiga hamda iqtisod qilingan mablag‘larni investisiyaga yo‘naltirish imkoniyatini oshirishga erishilgan. Buning natijasida, 2020 yilda tizim xizmat ko‘rsatish xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan 35,3 foizga kamayishi ta’minlangan;
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi ta’minoti daromadlarini investision faoliyatga samarali sarflash maqsadida jamg‘arma mablag‘larini banklarga kredit resursi sifatida yo‘naltirish taklifi AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi  amaliyotida qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki”ning  2020 yil 7 fevraldagi №11/1-01-09-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifningjamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga joriy etilishi, tizim bo‘sh mablag‘larini bank filiallariga joylashtirilishi natijasida tizim daromadliligi oshib, mablag‘larini  joylashtirishning o‘rtacha foiz stavkasi 2018 yilda 11,2 foiz bo‘lgan bo‘lsa,  2019 yilda 15,0 foizgacha ko‘tarilib, 179,5 mlrd. so‘m daromad olib kelgan; 
pensiya ta’minoti tizimida jismoniy shaxslar uchun ishlab chiqilgan pensiya loyihalarini amalga oshirish taklifi AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti amaliyotida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki”ning  2020 yil 7 fevraldagi №11/1-01-09-70-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolar tomonidan jamg‘armaga ixtiyoriy ravishda mablag‘lar jalb qilinishi 2019 yildagi 1,1 mlrd.so‘mdan, 2020 yilda 85,3 mlrd. so‘mga oshishi imkoniyati yaratilgan.;
pensiya tizimi daromadlarini ijtimoiy ta’minot va investision faoliyatga samarali sarflash hamda tashkilot tomonidan xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashda yuridik shaxslar uchun “Bizning faxrimiz” loyihasi taklifi AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini ijtimoiy ta’minot va  investision faoliyatni amalga oshirish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi AT “Xalq banki”ning  2020 yil 7 fevraldagi №11/1-01-09-70-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalda qo‘llanilishi natijasida, mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar uchun ishchi va xodimlarining shaxsiy pensiya fondini shakllantirish, ushbu fond mablag‘laridan vaqtinchalik investision maqsadlarda foydalanish hamda ishchi va xodimlarning davlat pensiyasiga qo‘shimcha ravishda shaxsiy pensiya jamg‘armalarini shakllantirib borishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish