Ruzmetova Gulnoza Abduxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maxsus trikotaj-kompozision material va engsimon mahsulotlarni yaratish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T416.
Ilmiyrahbar: Raximov Farxod Xushbakovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxodjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davolash-profilaktik maqsadlarda ko‘p marotaba ishlatiladigan trikotaj-kompozitgidrofil elektrodosti qoplamalarining yangi turlari va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
trikotajning qo‘zg‘aluvchanligi asosida engsimon konstruksiya enining o‘zgarishi nazariy qonuniyatlari aniqlangan;
trikotaj-kompozit elektrod osti qoplamalarining ekspluatatsion xususiyatlari aniqlanib, xomashyo turiga va engsimon konstruksiyaga bog‘liq trikotaj tuzilishi parametrlari ishlab chiqilgan; 
gal`vanizatsiya va dorili elektoroforez muolajalarida qo‘llash imkonini beruvchi engsimon trikotaj-kompozit elektrodosti qoplamalari yaratilgan;
yangi trikotaj-kompozit gidrofil elektrod osti tibbiyot qoplamalarini ishlab chiqarish texnologik reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Trikotaj-kompozit gidrofil elektrod osti qoplamalar yangi konstruksiyalari va ularni ishlab chiqish texnologiyasini joriy etilishi natijalari asosida: 
trikotaj gidrofil elektrod osti tibbiyot qoplamalarining konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan. (“Gidrofil` elektrod osti qoplamasi”, №FAP 01075 - 2016 y.). Natijada mahsulotning ekspluatatsiya muddati 2 baravar oshgan, gidrofillik xususiyati yaxshilanganligi  hisobidan, sterilizatsiyada qoldiq dori-vositalarini qoplamalardan tez chiqib ketishi hamda takroriy muolaja vaqti kamayishi jarayonning 1,5 baravar tezlashishini ta’minlash imkonini bergan;
davolash-profilaktik maqsadlarda ishlatiladigan gidrofil elektrod osti qoplamalarining konstruksiyalarini yaratish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarga, xususan “Shebnem textile” va “Yan Pay Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 10 iyundagi 04/06-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada davolash-profilaktik maqsadlarda ishlatiladigan yangi gidrofil elektrod osti qoplamalarining assortimentini kengaytirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish