Turg‘unboeva Azizaxon  G‘ulomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy persepsiya shakllanishining  psixologik xususiyatlari”, 19.00.06–Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Psi72.
Ilmiy rahbar: Nishanova Zamira Taskaraevna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Namangan  davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Po‘lat Sobirovich, psixologiya  fanlari doktori,  dotsent,  Majidov Nabi Maxmudovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy persepsiya shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
bo‘lajak pedagoglarda empativlik va refleksivlikning rivojlanishi ijtimoiy-pedagogik persepsiya shakllanishining muhim omili sifatida ko‘rib chiqilgan;
bo‘lajak  pedagoglar o‘quv faoliyati motivlari, xususan, kasbni egallash bilan bog‘liq motivlarning ijtimoiy-perseptiv ko‘nikma va malakalarning rivojlanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri ochib berilgan; 
kasbiy tayyorgarlik davomida shakllanib boruvchi ijtimoiy persepsiya tarkibida perseptiv-interaktiv va perseptiv-noverbal kompetentlikning o‘rni va pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan;
psixologik korreksion dasturlarni amalga oshirish davomida  bo‘lajak pedagoglarda ijtimoiy-persepsiya shakllanish dinamikasi tahlili aniqlangan hamda empirik ma’lumotlar, korreksion tadbirlar samaradorligi asosida bo‘lajak pedagog kasbiy tayyorgarligi jarayonida ijtimoiy perseptiv ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish modeli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak pedagog kasbiy tayyorgarligida  ijtimoiy-persepsiyani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot  natijalari asosida: 
bo‘lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligi  jarayonida empativlik va refleksivlikning rivojlanishi ijtimoiy-persepsiya shakllanishining muhim omili sifatida ko‘rib chiqilganligiga doir ilmiy natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil  27 dekabrdagi PM-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi amaliy psixologlar nazariy-kasbiy tayyorligi sifatini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan;
bo‘lajak pedagoglar o‘quv faoliyati motivlari, xususan, kasbni egallash bilan bog‘liq motivlarning ijtimoiy-perseptiv ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri empirik jihatdan asoslanganligiga doir ilmiy yangilik Psixologiya o‘quv-markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi PM-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan; 
kasbiy tayyorgarlik davomida shakllanib boruvchi ijtimoiy-pedagogik persepsiya tarkibida perseptiv-interaktiv hamda perseptiv-noverbal  kompetentlikning o‘rni va pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’siriga oid tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 18-son buyrug‘ining “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 27 dekabrdagi PM-19-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning bo‘lg‘usi amaliy psixologlarining pedagogik-psixologik ishlari samaradorligi oshirilgan;
psixologik korreksion dasturlarni amalga oshirish davomida kasbiy tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy persepsiya rivojlanish dinamikasi tahlil qilingan, olib borilgan empirik ma’lumotlar va diagnostik hamda korreksion tadbirlar natijasida bo‘lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligi jarayonida ijtimoiy perseptiv ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 18-son buyrug‘ining “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus va tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tadbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil  27 dekabrdagi PM-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi amaliy psixologlar nazariy-kasbiy tayyorligi sifatini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish