Abipova Gul`mira Salavatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlari xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt446. 
Ilmiy rahbar: Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Tashmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamanazarov Oybek Shomuradovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlarni boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlar samaradorligini baholash usuli korxona menejmenti, investorlari hamda personalining manfaatdorligi va iqtisodiy faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlarni samarali boshqarishning tashkiliy mexanizmi raqobat muhitidagi joriy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tarkibiy qismlardagi ta’sir samarasini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari xarajatlari va moliyaviy resurslarini optimallashtirish modeli shartlarni real shart-sharoit va holatga maksimal darajada yaqinlashtirish imkonini beruvchi usulni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlarni boshqarish samaradorligini baholash boshqaruv faoliyati xarajatlari hajmi va xarajatlarni boshqarish jarayonini operativ, taktik va strategik rejalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirishni ilmiy-uslubiy jihatlariga qaratilgan takliflar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlar samaradorligini baholash usuli korxona menejmenti, investorlari hamda personalining manfaatdorligi va iqtisodiy faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar «Qoraqalpoqboyan» AJning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Qoraqalpoqboyan» AJning 2019 yil 20 apreldagi 35/04-son ma’lumotnomasi). Natijada 2018 yilda aksiyadorlik jamiyatining rentabellik ko‘rsatkichi 5,4% ga, xususiy kapital rentabelligi 1,71%ga, sotuv rentabelligi 4,13%ga, investisiya rentabelligi 9,99%ga, ishlab chiqarish rentabelligi 24,3%ga oshgan, bu esa aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish hajmining 7%ga ko‘payishiga, mahsulotlar tannarxining 5%ga pasaytirilishiga xizmat qilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlarni samarali boshqarishning tashkiliy mexanizmi raqobat muhitidagi joriy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda tarkibiy qismlardagi ta’sir samarasini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilishi bo‘yicha takliflari «Qoraqalpoqboyan» AJning boshkaruv faoliyatiga joriy etilgan («Qoraqalpoqboyan» AJning 2019 yil 20 apreldagi 35/04-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi, mahsulot tannarxining o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sirini tartibga solinishi, maqsadli tannarxga erishishda xarajatlarning reja va haqiqiy me’yorlarini nazorat qilinishi aksiyadorlik jamiyati aktivlarining iktisodiy samaradorligini 17,7% oshishini ta’minlagan;
aksiyadorlik jamiyatlari xarajatlari va moliyaviy resurslarini optimallashtirish modeli shartlarni real shart-sharoit va holatga maksimal darajada yaqinlashtirish imkonini beruvchi usulni qo‘llash asosida takomillashtirish modeli «Qoraqalpoqboyan» AJning ishlab chiqarish faoliyatini prognozlash jarayoniga joriy etilgan («Qoraqalpoqboyan» AJning 2019 yil 20 apreldagi 35/04-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatlarida ishlab chiqarish xarajatlarni optimal variantini prognoz qilish imkoni ishlab chiqilgan;
boshqaruv faoliyati xarajatlari hajmi va xarajatlarni boshqarish jarayonini operativ, taktik va strategik rejalashtirish asosida aksiyadorlik jamiyatlarida xarajatlarni boshqarish samaradorligini baholash usuli «Qoraqalpoqboyan» AJning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («Qoraqalpoqboyan» AJning 2019 yil 20 apreldagi 35/04-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatining mahsulot hajmi 7% ga, sof foyda miqdori esa 10% ga, mehnat unumdorligi 29%ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish