Abdujabborov Sobir Bahronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonada inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishning ilmiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1/PhD/Iqt59. 
Ilmiy rahbar: Berkinov Bozorboy Berkinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonada moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi boshqarish strategiyasini ishlab chiqishning ilmiy metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonaning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi boshqarish mexanizmi inqirozdan oldingi sanatsiya, moliyaviy sog‘lomlashtirish va bankrotlikdan chiqarish dastaklarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
milliy korxonalarni rivojlanish holatiga ko‘ra iqtisodiy barqaror, yuqori riskli faoliyatga ega va iqtisodiy nochor guruhlarga ajratish mezonlari hamda zarar bilan ishlayotgan va past rentabelli korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish strategiyasi ishlab chiqilgan;
korxonada inqirozga qarshi boshqarish strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasini tuzish hamda uni amalga oshirish uslubi takomillashtirilgan;
iqtisodiy nochor korxonani beqaror holatdan rivojlanish bosqichiga olib chiqish strategiyasini amalga oshirishning operatsion, boshqaruv va moliyaviy omillarining yig‘ma indekslari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Korxonada inqirozga qarshi boshqarish strategiyasini ishlab chiqishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonaning normal faoliyati davrida boshlangan, rivojlanib boruvchi moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qarshi boshqarish jarayonlari, inqirozdan oldingi sanatsiya, moliyaviy inqiroz va bankrotlikdan chiqarishga asoslangan mexanizmlarni kiritish orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar «Xovrenko nomli Samarqand vinokombinati» AJ va «Agromir Adas» MChJning faoliyatida inqirozni oldini olish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini asoslashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/033-4333-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarda inqirozni oldini olish bo‘yicha boshqaruv jarayonlarini tartibga solish hamda korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash choralarining asoslanganligiga va to‘liqligiga erishilgan;
milliy korxonalarni rivojlanish holatiga ko‘ra iqtisodiy barqaror, tavakkalchilik bilan faoliyat yurituvchi va iqtisodiy nochor guruhlarga ajratish mezonlari hamda zarar bilan ishlayotgan va past rentabellik korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish choralarini asoslash bo‘yicha takliflar «Xovrenko nomli Samarqand vinokombinati» AJda inqirozni oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha boshqaruv amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/033-4333-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada inqirozning yuzaga kelishi alomatlarini hamda uning sabablarini oldindan diagnostika qilishning ishonchliligini ta’minlashga erishildi va daromad hajmi 12 foizga oshgan; 
korxonada inqirozga qarshi boshqarish strategiyasi ishlab chiqish va uni maqsadlarini izchilligi va tizimligini ta’minlashga qaratilgan yo‘l xaritasini tuzish va uni amalga oshirish uslubi bo‘yicha takliflar «Xovrenko nomli Samarqand vinokombinati» AJ va «Agromir Adas» MChJning faoliyatida korxonada inqirozga qarshi boshqarish strategiyasini amalga oshirishning yo‘l xaritasi tuzish amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/033-4333-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy nochor va bankrot korxonalarni samarali faoliyat yuritishi va moliyaviy barqarorlashuviga erishilgan;
iqtisodiy nochor korxonani beqaror holatdan rivojlanish bosqichiga olib chiqish strategiyasini amalga oshirish muhitining operatsion, boshqaruv va moliyaviy omillarining yig‘ma indekslari va ishlab chiqarish samaradorligini prognoz qilish bo‘yicha takliflar «Xovrenko nomli Samarqand vinokombinati” AJ va «Agromir Adas» MChJning faoliyatida iqtisodiy nochor korxonani rivojlanish bosqichiga olib chiqish samaradorligini baholash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq  xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/033-4333-son ma’lumotnomasi). Natijada «Xovrenko nomli Samarqand vinokombinati» AJni inqirozga qarshi boshqarishning korporativ «yo‘l xaritasi» chora-tadbirlarini amalga oshirish, turli ssenariylar bo‘yicha sof joriy qiymat (NPV) ishlab chiqarish tannarxi 2 foizga oshganda, 45,1 mln.so‘mga oshdi va daromadlilik ichki normasi 12,3 foizni tashkil etgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish