Abduraimova Gulchiroy Ozotovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped941.
Ilmiy rahbar: Isyanov Ravil` Gennad`evich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Muhliboev Mahmut Qarshiboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga oid metodik tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining metodik tayyorgarlik modeli «STEAM – ta’lim» yondashuvi interferensiya rezonansini vujudga keltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarlik sifati ta’lim traektoriyalarini «STEAM–ta’lim» yondashuviga xos individullashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi «STEAM–ta’lim» darajalariga mos kompetensiyalar tizimini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanidan kasbiy metodik tayyorgarlik sifati ijtimoiy mezonlar va kasbiy-refleksiv darajalar mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining «STEAM – ta’lim» yondashuvi interferensiya rezonansini vujudga keltirish asosida takomillashtirilgan metodik tayyorgarlik modeliga oid takliflar Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi № 89-03-421-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini «STEAM – ta’lim» bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy tayyorgarlik sifati ta’lim traektoriyalarini individullashtirish hamda «STEAM–ta’lim» darajalariga mos kompetensiyalar tizimini takomillashtirishga oid takliflar «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi» fani bo‘yicha mustaqil ta’lim va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-421-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanidan o‘zlashtirish sifati samaradorligi oshirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanidan kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid taklilar asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi» darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-sonli buyrug‘i, 133-078 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining texnologiya fanini o‘qitishga metodik tayyorgarligi darajasi ortishiga xizmat qilgan.