Islomova Yulduz O‘rolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karbazol va ftalimid hosilalarini olish texnologiyasi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T335. 
Ilmiy rahbar: Maksumova Aytura Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Yodgorov Normuxammad, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ftalimid va karbazol asosida N-akriloiloksiftalimid, N-metakriloiloksiftalimid va N-akriloiloksikarbazol, N-metakriloiloksikarbazolni sintezlash hamda olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ftalimid bilan akril-, metakril kislotalar va ularning xlorangidridlarini atsillash reaksiyalarining maqbul sharoitlari va sxemasi aniqlangan;
karbazol bilan akril kislota, metakril kislotalar va ularning xlorangidridlarini atsillash reaksiyalarining maqbul sharoitlari va sxemasi aniqlangan;
N-akriloiloksikarbazol, N-metakriloiloksikarbazol va N-akriloiloksiftalimid, N-metakriloiloksiftalimid sintezi mahsulot unumiga turli omillar ta’siri va ularni olinish jarayonlarining maqbul sharoitlari aniqlangan hamda texnologiyasi ishlab chiqilgan;
N-akriloiloksikarbazolni polipropilen makromolekulalariga payvand sopolimerlanish jarayonlarining maqbul sharoitlari va olingan moddalarning fizik - kimyoviy xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karbazol va ftalimid hosilalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ftalimid va akril kislota asosida olingan N-akriloiloksiftalimid stimulyatori Qashqadaryo viloyati «Boshjonbuz favvorasi» fermer xo‘jaligining 14 gektar maydondagi bug‘doy dalasida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 02/021-1919-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu preparatning qo‘llanilishi, “Grom” navli kuzgi bug‘doyning hosildorligini 10 s/ga yoki 33%ga oshirish imkonini bergan;
N-akriloiloksiftalimid stimulyatori Qashqadaryo viloyati «Boshjonbuz favvorasi» fermer xo‘jaligining 1,5 gektar maydondagi ertaki bodringning “Orzu” naviga hosildorlikni oshiruvchi preparat sifatida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 02/021-1919-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu preparatning suvdagi 10-3 foizli eritmasining qo‘llanilishi, och tusli bo‘z tuproq sharoitidagi “Orzu” navli ertaki bodring hosildorligini 24 s/ga yoki 16%ga oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish