Nurutdinova Feruza Muidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Apis Mellifera asalarilaridan xitin-xitozan ajratib olish va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1526. 
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnara Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas`ud Ubaydullo o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kenjaev Davron Rajabovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan xitin  va  xitozan ajratib  olish texnologiyasini yaratish, aralash paxta-ipak tolali matolarni faol bo‘yoqlar bilan bo‘yash uchun quyuqlashtiruvchi vosita sifatida foydalangan holda, ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy xomashyo Apis Mellifera jonsiz  asalarilaridan  xitin ajratib olingan va xitozan sintez qilingan;
Apis Mellifera jonsiz asalarisidan xitinaza fermenti muhitida xitozan sintez qilish jarayoni ishlab chiqilgan va aminpolisaxaridning molekulyar strukturalari aniqlangan;
sintez qilingan xitozanning fizik-kimyoviy, reologik xossalari o‘rganilgan va Bombyx mori xitozaniga nisbatan taqqoslaganda maqbul sharoitlar aniqlangan;
Apis Mellifera jonsiz asalarisidan ajratib olingan xitozanga asoslangan maqbul quyuqlashtiruvchi tarkibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta-ipak tolali matolarga gul bosish jarayonida xitozandan foydalanib, raqobatbardosh quyuqlashtiruvchi ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Apis Mellifera jonsiz asalarilaridan ajratib olingan xitozan asosida quyuqlashtiruvchi olish texnologiyasi “Buxoro Brilliant Silk - BBS” Buxoro – Xitoy qo‘shma korxonasi MChJda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2020 yil 12 iyundagi ST/22-110-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan xitozanni chet eldan keltiriladigan DGT quyuqlashtiruvchisi o‘rnida paxta-ipak tolali matolarga gul bosishda qo‘llash imkonini bergan;
xitozan va modifikatsiyalangan kraxmal asosida ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchi tarkiblardan “Buxoro Brilliant Silk - BBS” Buxoro – Xitoy qo‘shma korxonasi MChJda paxta-ipak aralash matoli sinov to‘plami partiyasiga gul bosishda qo‘llanilgan (“Buxoro Brilliant Silk-BBS” Buxoro – Xitoy qo‘shma korxonasi MChJning 2020 yil 12 iyundagi 37/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, gul bosilgan aralash tolali matolarning mustahkamligi, bosma-texnik va koloristik xossalarini yaxshilash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish