Avliyoqulov Jamshed Sadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` agregatlarini tayyorlash va qayta tiklash uchun polimer matrisa asosli kompozision materiallarni yaratish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T68.
Ilmiy rahbarlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` agregatlarini tayyorlash va qayta tiklash uchun polimer matrisa asosli kompozision materiallar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termomexanik usullar bilan birlashtirilgan aralashmalar «Termoelastoplast (termoplastik poliuretan (TPU), poliefiruretan (PEU) - termoplast (akrilobutadienstirol plastigi (ABS), termoplastli poliuretan (UPS), polivinilxlorid (PVX))» asosida tayyorlangan buyumlarning ko‘p siklli yuklamalar ta’siriga bardoshliligini, tribotexnik va deformatsiya-mustahkamlik tavsiflarini oshirish mexanizmlari asoslangan;
«Poliolefinli termoplast (yuqori bosimli polietilen (PEVD), past bosimli polietilen (PEND), polipropilen (PP) - stirolli plastik (ABS, PSM, UPS)» aralashmasi asosidagi kompozit metallarning, termoplastik modifikator (DST-30, etilen va vinilatsetat sopolimeri (SEVA) kiritish paytidagi strukturasi va deformatsiya-mustahkamliklari aniqlangan;
nanoo‘lchamli komponentlarning aralashmasi (metall oksidlari, politetraftoretilen (UPTFE), shungit, kolloid grafit) bilan modifikatsiyalangan oligomer va polimer matrisalar (epoksipoliefirli smola (EP 1236), poliefirli smola  (RR), EP)  asosidagi materiallarning adgeziya, korroziyaga qarshilik va tribotexnik xossalari aniqlangan;
«Termoelastoplast (TPU, PEU) - termoplast (ABS, UPS, PVX)», aralashmalari asosida kompozit materiallarning tayyorlash texnologiyasi  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Avtomobil` agregatlarini tayyorlash va qayta tiklash uchun polimer matrisa asosli kompozision materiallarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qoplamalar uchun kompozision material»ga tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan (Ts00028412-02:2019). Natijada avtomobil` agregatlarini tayyorlash va qayta tiklash uchun polimer matrisa asosli kompozision materiallarni qo‘llash imkonini bergan;
«TPU (PEU) – stirolli plastik», «poliolefin (PP, PEND, PEVD) – stirolli plastik» termodinamik mos aralashma asosidagi kompozision materiallar asosida olingan funksional kompozit materiallar «Avtomagistral`» ixtisoslashgan avtomobil` yo‘llarini qurish-ta’mirlash birlashmasida yo‘l qurilish texnikalarining konveyerlari roliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil` yo‘llari davlat qo‘mitasining 2019 yil 3 maydagi 01-47-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘l qurilish texnikalari agregatlarining deformatsiya-mustahkamlik ko‘rsatkichlari, abraziv zarralarga, ko‘p siklli yuklamalarga bo‘lgan bardoshlikni oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish