Xusanov Yunusali Yuldashalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polimer kompozision materiallardagi notexnologik teshiklarni parmalash jarayonlarining samadorligini oshirish», 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1442.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich texnika fanlari doktori, professor; Mardonov Baxtiyor Teshaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polimer kompozit materiallardan tayyorlangan detallardagi notexnologik teshiklarni parmalash unumdorligini va teshiklarni sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozit materiallaridan tayyorlangan detallarni notexnologik teshiklariga ishlov berishning yangi usuli yaratilgan;
polimer materiallarni parmalash jarayoning samaradorligini va sifatini oshirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan;
polimer kompozit materiallarida teshiklarni parmalashda surish harakatining davriy to‘xtash, hamda qirindini chiqarib tashlash natijasida ishlov berilgan teshiklarning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkoniyat yaratilgan;
raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar uchun oldindan belgilangan uzunlikdagi qirindilarni hosil qilish va parmani kirib-chiqishini tartibga solish usulining dasturiy mahsulotlari yaratilgan;
maydalangan qirindilarni parmalash hududidan olib tashlash uchun aerodinamik uskunasini ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Polimer kompozision materiallardagi notexnologik teshiklarni parmalash jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
parmaning holatiga bog‘liq ravishda o‘zgaruvchan kesish maromida ishlov berish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ga detaldagi yoriqlarni kamaytirish uchun joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 29 oktyabrdagi 02-06-04/13773-son ma’lumotnomasi). Natijada teshikning aniqlik va sifat darajasi oshirish imkoni yaratilgan;
qirindini maydalash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ga qirindi kesuvchi asbobga yopishib qolmasligi uchun joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 29 oktyabrdagi 02-06-04/13773-son ma’lumotnomasi). Natijada qirindini maydalashdagi unumdorlik 20% ortishining imkoni yaratilgan;
parmalashda maydalangan qirindini kesish hududidan olib tashlash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi” ga ishlov berish unumdorligini oshirish uchun joriy qilingan. (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 29 oktyabrdagi 02-06-04/13773-son ma’lumotnomasi). Natijada teshikning sifati yaxshilanib parmalash unumdorligi 20% ortishining imkoni yaratilgan.