Pirimov Odil Jo‘raevichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urug‘lik chigitni o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni yordamida ekologik sof zararsizlantirish uchun elektr texnologiyalarni yaratishning ilmiy-texnologik asoslari”, 05.05.07 - Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.1.DSc/T629.
Ilmiy maslahatchi: Yusubaliev Ashirboy, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Muhammadiev Ashraf Muhammadievich, texnika fanlari doktori, professor; Hoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: urug‘lik chigitni ekologik sof usulda kasalliklarning zamburug‘laridan o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni (O‘YuCh EMM) yordamida zararsizlantiruvchi texnologiyani yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba urug‘lik chigitni ekologik sof usulda kasalliklarga qarshi zararsizlantirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
urug‘lik chigitni ekologik sof usulda zararsizlantiruvchi texnologiyaning nazariy va eksperimental asoslangan asosiy rejim va texnik kattaliklari asoslangan;
urug‘lik chigit va o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonning o‘zaro ta’sirlashuvida kechadigan elektrofizik jarayonlarning analitik ifodalari aniqlangan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni va chigit parametrlarining zararsizlantiruvchi optimal kattaliklari asoslangan;
urug‘lik chigitni ekologik sof usulda o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni yordamida zararsizlantiruvchi qurilmaning ishchi kamerasi parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Urug‘lik chigitni ekologik sof usulda kasalliklarning zamburug‘laridan o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni yordamida zararsizlantiruvchi texnologiyani yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
urug‘lik chigitni zararsizlantirishning kontaktsiz elektr texnologiyasi va uni amalga oshiradigan qurilma Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2800-son ma’lumotnomasi). Natijada urug‘lik chigitni kimyoviy dori vositalarisiz ekologik sof zararsizlantirish va kasalliklarni 3,7 foizga kamaytirishga erishilgan;
urug‘lik chigitlarni elektromagnit maydoni bilan zararsizlantirish qurilmasi Mirishkor tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2800-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning ildiz chirish kasalligi kamayib, paxta hosildorligi gektariga 3,2 sentnerga oshgan;
o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydoni yordamida urug‘lik chigitni zararsizlantirish texnologiyasi Sayxunobod tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2800-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zaning gommoz kasalligi kamayib, hosildorlik gektariga 3,7 sentnerga oshgan;
urug‘lik chigitni o‘ta yuqori chastotali elektromagnit maydonini qo‘llab zararsizlantirish tizimi Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 02/020-2800-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitni gommoz va ildiz chirish kasalliklari 2,0-4,0 foizga kamayib, hosildorlik 10-15 foizga oshgan.