Raximova Shaxnoza Xakimdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Carica papaya lateksidan kukumazim substansiyasini va makkajo‘xori donidan al`bumin olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1044.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shomansur Shoxsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Alimjon Zairovich, texnika fanlari doktori; Sagdiev Nail Jaditovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Carica papaya qovun daraxtining etilmagan mevalari lateksidan suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimaning kasalliklarini davolovchi Kukumazim dori vositasi substansiyasini va Kukumazim 350 PE tayyor dori shaklini hamda O‘zbekiston 420 VL navli makkajo‘xori donlari oqsillaridan qondagi qand miqdorini va vaznni me’yorlovchi biologik faol qo‘shimchasini sanoat ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Carica papaya daraxtining etilmagan mevalari lateksidan Kukumazim dori vositasi substansiyasi hamda makkajo‘xori donlaridan oqsil-al`bumin fraksiyasini ekstraksiya qilish jarayonida ul`tratovush qo‘llanilib jarayon takomillashtirilgan va mahsulotlarning yuqori unumli bo‘lishi aniqlangan;
Kukumazim va oqsil-al`bumin fraksiyasi substansiyalarini matematik rejalashtirish (Boks Uil`son) usuli asosida xom ashyodan ekstraksiya qilib olish jarayonlarining optimal sharoitlari aniqlangan;
Kukumazim dori vositasi substansiyasini ishlab chiqarish jarayonlarini spektrofotometrik uslubi asosida bosqichma bosqich nazorati ishlab chiqilgan;
ilk bor xomashyo sifatida foydalanish uchun makkajo‘xori navlarini texnologik parametrlari va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
makkajo‘xorining O‘zbekiston 420VL navi donlaridan oqsil-al`bumin fraksiyasi ajratib olinib uning gipoxolesterinimik, gipoglikemik hamda ortiqcha vaznni me’yorlovchi faolliklari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kukumazim dori vositasi va oqsil-al`bumin fraksiyasi biologik faol qo‘shimchasi substansiyalarini texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
makkajo‘xori donlaridan ortiqcha vaznni profilaktika qilish uchun qo‘llaniladigan biologik faol qo‘shimcha olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 04266, 2010 y.). Natijada, makkajo‘xori donlari asosida oqsil-al`bumin fraksiyasi (proteinaza ingibitori) – vaznni me’yorlovchi BFQ olish imkonini bergan;
oqsil-al`bumin fraksiyasi proteinaza ingibitorlarini olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05644, 2018 y.). Natijada, makkajo‘xori donidan gipoxolesterinimik va gipoglikemik faollikga ega BFQ substansiyasini yaratishdagi xomashyoni ekstraksiya qilish jarayonida ul`tatovush ishlovini muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini bergan;
Carica papaya qovun daraxtining etilmagan mevalari lateksidan Kukumazim substansiyasini ishlab chiqarishni takomillashtirilgan texnologiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti TIChK bazasida seriyali ravishda ishlab chiqarishga joriy etilgan (guvohnoma, DV/M02552/05/19). Natijada import o‘rnini bosuvchi preparat ishlab chiqarish imkonini bergan;
suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qimalarning kasalliklarini davolash uchun Kukumazim 350 PE dori vositasi tayyor dori shakli ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (guvohnoma, DV/M02552/05/19). Natijada mahalliy dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan.