Atadjanov Shavkat Yusupovichning dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlar va ular asosidagi betonlar», 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1223.
Ilmiy rahbar: To‘laganov Abduqobil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
II.Tadqiqotning maqsadi: portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlarning optimal tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida turli xil klassdagi og‘ir betonlarni olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metallurgiya korxonasining o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan po‘lat eritish chiqindisi (toshqollari) va bazal`t tabiiy xom ashyosi asosida mineral qo‘shimcha tarkiblari ishlab chiqilgan (№ IAP 04771-2010);
yaratilgan mineral qo‘shimchadan foydalanilgan holda portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlarning optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
tarkibida portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlar asosida turli xil klassdagi og‘ir betonlarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
donalari o‘lchami 40 mm dan oshmaydigan, tarkibi 55-80% klinker, 3-5% gips toshi va qolgan qismi mineral qo‘shimchadan iborat bo‘lgan tayyor holdagi mineral aralashmani tegirmonlarda tuyish orqali sement bog‘lovchisini olish usuli ishlab chiqilgan (№ IAP 05622-2014).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlar va ular asosidagi betonlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan po‘lat eritish toshqollarini portlandsementga qo‘shish uchun texnikaviy shart «O‘zstandart» Agentligi tomonidan tasdiqlangan (TSh 64-00186200-01:2011). Natijada tarkibida 15-20% gacha mazkur qo‘shimcha bo‘lgan portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sement olish imkonini bergan;
o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan po‘lat eritish toshqollari va bazal`t asosida olingan mineral qo‘shimchalardan foydalanilgan holda tarkibida portlandsement klinkeri kam bo‘lgan kompozisiyali sementlar olish texnologik ko‘rsatma «Bekobodsement» AJ tomonidan tasdiqlangan (TI 64-17817107-19-2012). Natijada portlandsement ishlab chiqarish unumdorligini 42% ga oshirish va tannarxini 20% kamaytirish imkonini bergan;
o‘lchami 5 mm gacha bo‘lgan po‘lat eritish toshqollari va bazal`t asosida portlandsementga qo‘shimcha olish texnologiyasi «Bekodobsement» AJda amaliyotga joriy etilgan («ƠZSANOATQURILISHMATERIALLARI» AUning 2020 yil 17 yanvardagi 03/01-69-son ma’lumotnomasi). Natijada portlandsement olish uchun qo‘shimcha ishlab chiqarish imkonini bergan;
yaratilgan kam klinkerli kompozision portlandsement asosida beton olish texnologiyasi «ƠZSANOATQURILISHMATERIALLARI» AU tasarrufidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan («ƠZSANOATQURILISHMATERIALLARI» AUning 2020 yil 17 yanvardagi 03/01-69-son ma’lumotnomasi, Bekobod shahar hokimining 2019 yil 4 iyuldagi 1/2-1508-son ma’lumotnomasi). Natijada mustahkamligi V7,5 ... V30 bo‘lgan beton buyumlari olish imkonini bergan.
V. Ixtiroga patenti. «Sement»ga berilgan ixtiro patenti (№ IAP 04771-2013 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-11/1611-son xulosasi. «Sposob polucheniya vyajushhix materialov»ga berilgan ixtiro patenti (№ IAP 05622-2018 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 2 avgustdagi 01-11/1610-son xulosasi.