Abduraxmanov Jaloliddin Mirdjamil`evichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bombyx mori lichinkalarida gepatit B virusi (HBV) rekombinant PreS2-S oqsilini olish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K77. 
Ilmiy rahbar: Azimova Shaxnoz Sadikovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01. 
Rasmiy opponentlar: Muhamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Raxmanberdieva Ra’no Karimovna, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: PreS2-S rekombinant oqsilini eng ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan mahalliy tut ipak qurti zotini aniqlash, sintezlangan oqsilni tozalash usullarini ishlab chiqish hamda uning antigenlik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor rekombinant PreS2-S oqsilini ekspressiyalovchi Bombyx mori lichinkalarining turli mahalliy zotlari aniqlangan; 
eng ko‘p miqdorda rekombinant oqsil sintezlovchi tut ipak qurti (Bombyx mori) – mahalliy “Marvarid” zoti ekanligi aniqlangan;
tut ipak qurti lichinkalari tarkibidan rekombinant PreS2-S oqsilini toza holda ajratib olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
IFA va immunoblot tahlili natijalariga ko‘ra olingan rekombinant PreS2-S oqsili yuqori antigen spesifiklikni namoyon etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
PreS2-S rekombinant oqsilini eng ko‘p miqdorda ishlab chiqaradigan mahalliy tut ipak qurti zotini aniqlash, sintezlangan oqsilni tozalash usullarini ishlab chiqish va uning antigenlik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ajratib olingan rekombinant bakulovirus rBmNPV-polh-PreS2-S klonlari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining «Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar noyob ilmiy ob’ekti kolleksiyasi» genofondiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 18 martdagi 4/1255-790-son ma’lumotnomasi). Natijada kolleksiyaning «Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar» genofondini boyitish hamda ixtisoslashgan turlar xilma-xilliklari elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
ajratib olingan Bombyx mori rekombinant rBmNPV-polh-PreS2-S bakulovirusi Jahon mikroorganizmlar ma’lumotlar markazining Patogen mikroorganizmlar milliy kolleksiyasi ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (World Data Center for Microorganism, National Collection of Phytopathogenic Microorganisms, http://new.wfcc.info/ccinfo/index.php/collection/by_id/1228). Natijada dunyoning turli mintaqalarida tarqalgan «bakulovirus/hasharot hujayrasi»ni tadqiq qilish imkonini bergan;
rekombinant PreS2-S oqsilini kodlaydigan gen ketma-ketligi NCBI xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (AQSh Milliy tibbiyot kutubxonasi, Milliy biotexnologiya axborot markazi, GenBankID 2306674, https://www.ncbi.nlm.nih.gov/guide/dna-rna/). Natijada analogik oqsillarning aminokislota ketma-ketligini, antigenlik xususiyatlarini hamda mavjud antigen determinantlarining joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini bergan; 
Bombyx mori lichinkalarida rekombinant PreS2-S oqsilini kodlovchi nukleotidlar ketma-ketligi EMBL LR745788 xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.ebi.ac.uk/ena/browser/support). Natijada analogik oqsillarning qiyosiy tahlilini global masshtabda amalga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish