Sapaev Dilshod Xushnudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzumchilik va vinochilik korxonalarida ishlab chiqarishni strategik boshqaruvida ekonometrik modellarini ishlab chiqish va qo‘llash (Toshkent viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt814.
Ilmiy rahbar: Kasimov Saidaxror Magrufovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Shermuxamedov Abbas Toirovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: uzumchilik-vinochilik sohasida ishlab chiqarishni rejalashtirishning ekonometrik modellashtirishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzumchilik-vinochilik korxonalarini strategik rivojlanishi sohaning mintaqaviy va ishlab chiqarish tasniflari bo‘yicha klaster tizimini tashkillashtirish asosida takomillashtirilgan;
uzumchilik-vinochilik sohasida ishlab chiqarish hajmini prognozlash jarayoni tayyor mahsulot ishlab chiqarishni prognozlashning statistik modelini modifikatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirilgan;
uzum etishtirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish jarayonidagi umumiy sarf-harajatlarni kamaytirish soha korxonalarini strategik rivojlantirishning ekonometrik modelini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
uzum turlari ekilayotgan maydonning maqbul nisbatini e’tiborga olgan bozorbop uzum navlari va turlarini etishtirish strategiyasining ekonometrik modeli ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumchilik va vinochilik korxonalarida ishlab chiqarishni strategik boshqaruvida ekonometrik modellarini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzumchilik-vinochilik korxonalarini strategik rivojlanishi sohaning mintaqaviy va ishlab chiqarish tasniflari bo‘yicha klaster tizimini tashkillashtirish asosida takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi qoshidagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi qoshidagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2019 yil 20 iyunda berilgan 02-07/556-son ma’lumotnomasi). Ushbu usulning joriy qilinishi ishlab chiqarishning strategik boshqaruvida klaster tizimini qo‘llash bo‘yicha mintaqaviy tavsiflarni aniqlash imkonini bergan, shuningdek, mintaqada uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish salohiyatini aniqlashtirgan;
uzumchilik-vinochilik sohasida ishlab chiqarish hajmini prognozlash jarayoni tayyor mahsulot ishlab chiqarishni prognozlashning statistik modelini modifikatsiyalash yo‘li bilan takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 3 oktyabrdagi 01/1-10-15/2-427-son ma’lumotnomasi). Ushbu usuldan foydalanish uzum etishtirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish jarayonidagi umumiy sarf-harajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
uzum etishtirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish jarayonidagi umumiy sarf-harajatlarni kamaytirish soha korxonalarini strategik rivojlantirishning ekonometrik modelini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 3 oktyabrdagi № 01/1-10-15/2-427-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelning joriy qilinishi uzumchilik-vinochilik sohasida ishlab chiqarish hajmini prognozlash jarayonini takomillashtirish imkonini bergan;
uzum turlari ekilayotgan maydonning maqbul nisbatini e’tiborga olgan bozorbop uzum navlari va turlarini etishtirish strategiyasining ishlab chiqilgan ekonometrik modeli O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi qoshidagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi qoshidagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2019 yil 20 iyunda berilgan 02-07/556-son ma’lumotnomasi). Ushbu modelning Toshkent viloyatida joriy etilishi tok ekishning optimal nisbatini hamda uzumning texnik navlarini etishtirish uchun uzumzorlar maydonini ko‘paytirish maqsadga muvofiqligini aniqlashtirdi, natijalar kelgusida amaliy qo‘llash uchun qabul qilingan.