Todjiev Jamoliddin Nasiriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini piridin asosidagi yangi azoreagent bilan spektrofotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02–Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K184.
Ilmiy rahbar: Turabov Nurmuxammat Turabovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ergash, kimyo fanlari doktori, professor; Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini sezgir va selektiv azoreagent yordamida aniqlashning optimal sharoitlarini ishlab chiqish va real ob’ektlar analizida qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi selektiv organik analitik reagent 5-metil-(piridil-2-azo)-1,8-aminonaftol-2,4-disul`fokislotaning mononatriyli tuzini molyar so‘ndirish koeffisienti va dissotsilanish konstantasi aniqlangan;
ilk bor spektrofotometrik metodi yordamida Cu(II), Zn(II) va Hg(II) ionlarini 5-metil-(piridil-2-azo)-1,8-aminonaftol-2,4-disul`fokislotaning mononatriyli tuzi bilan kompleks hosil qilish reaksiyalarining haqiqiy molyar so‘ndirish koeffisienti, muvozanat va barqarorlik konstantalari aniqlangan;
ilk bor mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini 5-metil-(piridil-2-azo)-1,8-aminonaftol-2,4-disul`fokislotaning mononatriyli tuzi bilan aniqlash metodikalari yaratilgan;
mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usullari ishlab chiqilgan, selektivligi aniqlangan va ularning sun’iy binar, murakkab aralashmalar, real tabiiy ob’ektlar, standart sanoat qotishmalari hamda tabiiy suvlar tarkibidan mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini aniqlashning selektivligi va aniqlikning oshganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini 5MPAANS,S-2,4 bilan spektrofotometrik aniqlash metodikalarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida:
mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini mikromiqdorini real ob’ektlar tarkibidan spektrofotometrik aniqlash metodikalari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy etilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2019 yil 22 maydagi 687/GK-19-05-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodikalar real ob’ektlar tarkibidan mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda selektivligi, sezgirligi, ekspressligni va aniqlikni oshirish imkonini bergan;
simob(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash metodikasi «Ekspert-kriminalistika Bosh Markazi laboratoriyasi»da ashyoviy dalillar tarkibidagi simob(II)ni aniqlash uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika Bosh Markazining 2019 yil 29 oktyabrdagi 21/1321-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan simob(II) ionini 5MPAANS,S-2,4 bilan spektrofotometrik aniqlash metodikasi analizni oson bajarilishini va metodning sezgirligini oshirish imkonini bergan;
mis(II), rux(II) va simob(II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash metodikalaridan A-7-46 raqamli «Kaolin, fosfogips, ko‘mir asosidagi kompozitli nanosorbentlarni yaratish orqali chiqindilarni qayta ishlash» mavzusidagi amaliy loyihada suvni og‘ir metall ionlaridan tozalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3315-son ma’lumotnomasi). Natijada suvni og‘ir metall ionlaridan tozalash va zaharliligini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish