Nasullaev Xikmatullo Abdulazizovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «NiMo va NiMoW katalizatorlarining fizik-kimyoviy xossalariga tashuvchilarni titan dioksid bilan modifikatsiyalash usullarining ta’siri», 02.00.04–Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/K61.
Ilmiy rahbar: Yunusov Mirahmad Po‘latovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmonberdiev G‘appor Raxmonberdievich, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimurodov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: NiMo va NiMoW katalizatorlarining tashuvchilarini titan dioksid bilan modifikatsiyalash usullarining fizik-kimyoviy xossalariga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor alyumokaolinboratli tashuvchining sirtida titan dioksidini molekulyar qatlamlash jarayonida bir jinsli gidroksil qoplamli Ti–OH guruhlarning shakllanishi isbotlangan;
poliaromatik uglevodorodlar (PAU)ni chuqur dearomatizatsiyalash reaksiyalarida birgalikda ekstruziyalash usuli bilan olingan maksimal miqdorda Mo7O246-, Mo8O264- va W7O246- hajmdor strukturalar saqlagan katalizatorlarning potensial faollikni namoyon qilishi isbotlangan;
alyumokaolinboratli tashuvchini titan dioksidi bilan past temperaturali oraliqda modifikatsiyalashda qaytaruvchi markazlarning konsentratsiyasi va gidrirlash faolligining ortishi aniqlangan;
kerosinni past vodorod bosimida dearomatizatsiyalashda samarali bo‘lgan teksturaviy xarakteristikalari yaxshilangan yangi Ti-saqlagan Ni(4)Mo(12.4)P(2)/AKBT-4 katalizatori yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Titan oksidini molekulyar qatlamlash va mahalliy ishlab chiqarish chiqindilari asosida optimal titansaqlovchi katalizatorlarni sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft fraksiyalarini gidrotozalash katalizatorlari va uni tayyorlash usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP05423 01.06.2017yil). Natijada import o‘rnini bosuvchi arzon mahalliy gidrirlash katalizatorlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
Farg‘ona NQZ G-24 moylarni gidrotozalash qurilmasi reaktorida qo‘llaniladigan «ANM-2/3» katalizatori uchun ishlab chiqilgan texnik shartlari «O‘zstandart» agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (TSh 19.03-008:2008). Natijada moylarni gidrojarayoni uchun yangi katalizator yaratish imkonini bergan;
Farg‘ona NQZ G-24 moyni gidrotozalash qurilmasi reaktoriga «ANM-2/3» shifr ostida Ni(4.8)Mo(16.5)R(0.8)/AKB-1 katalizatori joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AO ning 23.10.2019 yildagi 02/17-5-207-son ma’lumotnomasi). Natijada qovushqoqlik, oltingugurt miqdori, rang kabi xususiyatlarini yaxshilash imkonini bergan.