Karimova Sayyora Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft`-gaz sanoati ob’ektlaridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni boshqarish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K.272.
Ilmiy rahbar: Turabdjanov Sadriddin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Musaev Ma’ruf Nabievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uglevodorodlar qazib chiqarishni intensifikatsiyalash jarayonida tabiiy muhit uchun xatar yuzaga kelishi va kuchayishini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olishga qodir ekologik xavfsizlik choralarini ishlab chiqish va optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston neft`-gaz tarmog‘ida chiqindilardan foydalanishning ekologik auditini tahlil qilish asosida neft` va gaz qazib chiqarishda paydo bo‘ladigan chiqindilardan foydalanish monitoringi ishlab chiqilgan; 
tarkibida oltingugurtli komponentlar mavjud bo‘lgan qattiq qoldiqlarni aniqlashning matematik modeli yaratilgan;  
neft` qazib chiqaruvchi korxonalar hamda servis xizmat ko‘rsatuvchi neft` kompaniyalari uchun tarkibida neft` mavjud bo‘lgan chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha innovatsion usullardan foydalanishni kengaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;   
tarkibida neft` mavjud chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash sohasida servis xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya va korxonalar hamda neft` bozorining iqtisodiy sub’ektlari orasidagi iqtisodiy oqimlar va hamkorlikning sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Neft`-gaz sanoati ob’ektlaridan foydalanishda ekologik xavfsizlikni boshqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft` va gaz qazib chiqarish va gazni qayta ishlash korxonalarida chiqindilar hosil bo‘lishini hisoblash metodikasi «O‘zneftqazibchiqarish» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 12 dekabrdagi 07-30-3-30-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gazni qazib olish, qayta ishlashda chiqadigan chiqindilarni oldindan nazorat qilish imkonini bergan;
neft` quyqumlarini demerkaptanizatsiya qilish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2019 yil 28 dekabrdagi 07-30-3-44-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` quyqumlari tarkibidagi neftni 80% ajratib olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish