Abdurazzokov Umidulla Abdurazzokovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuk avtomobilining ekspluatatsiya sharoitida energetik samaradorligini baholash uslubini takomillashtirish”, 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T483.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Bazarov Baxtiyar Imamovich, texnika fanlari doktori, professor; Baboev Alijon Madaminovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekspluatatsiya sharoitida yuklanganlikni hisobga olgan holda yuk avtomobilining energetik samaradorligini baholash usulini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dvigatel` burovchi momentining yonilg‘i sarfiga bog‘liqligi regression tahlil usuli yordamida aniqlangan;
ekspluatatsiya sharoitida yuk avtomobilining energetik samaradorligini baholash mezoni ishlab chiqilgan;
ekspluatatsiya sharoitida yuk avtomobilining, yuklanganlikni hisobga olgan holda, energetik samaradorligini baholash usuli takomillashtirilgan;
yuk avtomobillarining harakat sikli va belgilangan harakat sharoitida energetik samaradorligini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuk avtomobilining ekspluatatsiya sharoitida energetik samaradorligini baholash usulini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shahar va magistral` harakat sikllarida avtomobillarning yonilg‘i sarfini aniqlash kompyuter dasturi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida joriy etilgan (O‘zR Transport vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 7/5053-7120-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuk avtomobillari yonilg‘i sarfining bazis va ekspluatatsion me’yorlarini kompyuter dasturida aniqlash va ularning bazasini shakllantirish, energetik samaradorligini baholash bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarni yangilash imkonini bergan;
ekspluatatsiya sharoitida yuk avtomobilining yuklanganligini hisobga olgan holda energetik samaradorligini baholash usuli O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida joriy etilgan (O‘zR Transport vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 7/5053-7120-son ma’lumotnomasi). Natijada, real ekspluatatsiya sharoitida yuk avtomobillari transport ishini hisobiy va amaliy aniqlash imkonini bergan. Avtomobillarning sinov jarayonlarida mehnat unumdorligini 6–9 martaga oshirish yonilg‘i sarfini 2–4 martaga kamaytirish imkonini bergan;
avtomobilning yonilg‘i-tejamkorlik va tortish-tezlik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini sinov usuli orqali aniqlashda harakat sikli ko‘rsatkichlarini ta’minlash tizimlari “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJ ning 2019 yil 8 noyabrdagi 15/03-25-2556-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinov poligoni sharoitida avtomobil` harakatining me’yoriy harakat sikli ko‘rsatkichlariga mosligini ta’minlash, belgilangan harakat rejimida avtomobilning yonilg‘i sarfini aniqlash, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning konstruksiya ko‘rsatkichlarini tanlash, ularning energetik samaradorligini aniqlash imkonini bergan.