Ergashev Sharaf Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida neft` mahsulotlari bo‘lgan oqova suvlarni tozalash inshootlarining konstruksiyalarini takomillashtirish», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi; 05.09.04–Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1035.
Ilmiy rahbarlar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Ivanov Viktor Grigor`evich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramova Malika Raximberdievna, texnika fanlari doktori; Soatov Utkir Amonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yupqa qatlamli tindirgich bloki parametrlari gidravlik hisobini va tarkibida neft` mahsulotlari bo‘lgan oqova suvlarni mo‘’jaz (ixcham) monoblok uskunasida tozalash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oqimi yuqoriga yo‘naltirilgan yotiq (qiya) joylashtirilgan yupqa qatlamli tindirgichning gidravlik hisobi oqimning yupqa qatlamlar orasida taqsimlanish xarakterini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
yupqa qatlamli tindirgich blokining konstruktiv parametrlarini aniqlash formulasi suzuvchi va emul`siya holatidagi zarralarning yirikligini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
fil`trlashda sorbsion fil`trlarni hisoblash usuli real sanoat oqova suvlarida adsorbentni qo‘llagan va dinamik sharoitda samaradorlikni pasaytirish koeffisientini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
neft` mahsulotlari bilan ifloslangan sanoat oqova suvlarini tozalash uchun mo‘’jaz (ixcham) monoblok uskunasi va uning hisoblash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yupqa qatlamli tindirgich blokining optimal burchagini aniqlash maqsadida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlili bo‘yicha olingan gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish natijalari asosida:
oqimning yupqa qatlamlar orasida taqsimlanish xarakterini inobatga olgan holda oqimi yuqoriga yo‘naltirilgan yotiq (qiya) joylashtirilgan yupqa qatlami tindirgichning takomillashtirilgan gidravlik hisobi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufidagi MChJ «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» loyiha institutiga, loyiha korxonalari «Loyiha-Maslahat» XKga, «Pure SASH» MChJga joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 04/01-468-son ma’lumotnomasi). Natijada yupqa qatlamli tindirgichda oqimning qatlamlarga teng taqsimlanish xarakterini va blokning o‘lcham parametrlari inobatga olingan holda yupqa qatlamli tindirgich blokining samaradorligi yuqori bo‘lgan konstruktiv parametrlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
fil`trlashda sorbsion fil`trlarni hisoblash usuli real sanoat oqova suvlarida adsorbentni qo‘llagan holda dinamik sharoitda samaradorlikni pasaytirish koeffisientini inobatga olib takomillashtirilgan usuli Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufidagi «O‘zbekkommunalloyihaqurilish» MChJ loyiha institutiga, loyihalash korxonalari «Loyiha-Maslahat» XKga, «Pure SASH» MChJga joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 04/01-468-son ma’lumotnomasi). Natijada ixcham monoblok ko‘rinishiga ega bo‘lgan uskunalarda sorbentning balandligini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
sanoat oqova suvlarini tozalash uchun mutlaq yangi ko‘rinishdagi mo‘’jaz (ixcham) monoblok konstruksiyasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufidagi DK «Suvsoz» trestiga joriy qilingan (Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2019 yil 8 fevraldagi 04/01-468-son ma’lumotnomasi). Natijada mutlaq yangi konstruksiyali monoblok shaklidagi tarkibida neft` mahsulotlari bo‘lgan oqova suvlarini tozalash uskunasi yaratilgan.