Urunboev Sadriddin Komiljonovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘za ekinini sug‘orishda kollektor-drenaj suvlaridan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1377.
Ilmiy rahbar: Sherov Anvar G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Raximdjan Karimovich, texnika fanlari doktori; Shadmanov Djamoliddin Kazakjanovich, qishloq xo‘jaligi  fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘o‘zani kollektor-drenaj suvlari bilan sug‘orishda tuproqning faol qatlamida suv taqsimoti qonuniyatlari texnologiyasini yadro-fizikaviy usul asosida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanida g‘o‘zani kollektor-drenaj suvlari bilan sug‘orishda tuproqning faol qatlamida suvlarning shimilish qonuniyatlari spektrometrik o‘lchash usuli asosida aniqlangan;
kuchsiz sho‘rlanish darajasiga ega bo‘lgan tuproqlarning faol qatlamida suvning shimilish dinamikasini aniqlashning yadro-fizikaviy usuli ishlab chiqilgan;
kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orishda kollektor-drenaj suvlaridan samarali foydalanish texnologiyasi tuproq faol qatlamida suvning shimilish qonuniyati asosida takomillashtirilgan;
g‘o‘zaning tuproq faol qatlamida suvning shimilish dinamikasini tezkor aniqlashning matematik modeli sonli usul va delphi tilida tuzilgan kompyuter dasturi asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za ekinini sug‘orishda kollektor-drenaj suvlaridan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida g‘o‘zani kollektor-drenaj suvlari bilan sug‘orishda tuproqning faol qatlamida kollektor-drenaj suvlarini shimilishi qonuniyatlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan “Sho‘ruzak Nurli kelajak” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 04/25-2898-son ma’lumotnomasi). Natijada vegetatsiyada nazoratga nisbatan 567 m3/ga suv tejalgan va g‘o‘za hosildorligi 4,68 s/ga yuqori bo‘lgan;
kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orishda kollektor-drenaj suvlaridan samarali foydalanish texnologiyasi tuproq faol qatlamida suvning shimilish qonuniyati Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan “Sobirboy Mansurboy” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 04/25-2898-son ma’lumotnomasi). Natijada kollektor-drenaj suvlaridan qo‘shimcha manba sifatida foydalanishning maqbul variantlari ishlab chiqilib, ekinlar hosilini kamaymasligi imkoniyati yaratilgan;
kuchsiz sho‘rlanish darajasiga ega bo‘lgan tuproqlarning faol qatlamida suvning shimilish dinamikasini aniqlashning yadro-fizikaviy usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan “Sobirboy Mansurboy” hamda “Sho‘ruzak Nurli kelajak” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 04/25-2898-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za ekinini kollektor-drenaj suvlari bilan sug‘orishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tatbiq etish natijasida 13–14% suv iqtisod qilingan va har gektardan 1150 ming so‘m sof daromad olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish