Fayzullaev Xayriddin Alimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poliz ekinlarini plyonka ostiga ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashinaning parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T946.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Nurmixamedov Buron Umarovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliz ekinlarini yopiq tonnelli plyonka ostida etishtirish uchun tuproqqa sifatli ishlov berish va uni ekishga tayyorlashni ta’minlaydigan energiya- va resurstejamkor mashina ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yopiq tonnellar o‘rnatiladigan yo‘laklar tuprog‘ini poliz ekinlari ekish uchun tayyorlaydigan mashinaning konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;
chuquryumshatkich tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar olingan va ular asosida chuquryumshatkichlarni o‘zaro joylashish sxemasi va maqbul parametrlari aniqlangan;
mashina tarkibidagi ish organlarni o‘rnatilish sxemasi ishlab chiqilgan va ularning texnologik ish jarayoni asoslangan;
kombinatsiyalashgan mashina agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini chuquryumshatkichning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘lanishlar asosida ularning maqbul qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yopiq tonnellar o‘rnatiladigan yo‘laklar tuprog‘ini poliz ekinlari ekish uchun tayyorlaydigan mashina ishlab chiqish va uning ish organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproqqa ag‘darmasdan ishlov beradigan ish organga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Ag‘dargichsiz tuproqqa ishlov berish qurolining ishchi organi», №FAP 00656-2011 y.). Natijada tuproqqa sifatli ishlov berilishi va undagi namni saqlanishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
yopiq tonnellar o‘rnatiladigan yo‘laklar tuprog‘ini poliz ekinlari ekish uchun tayyorlash texnologik jarayoni bajarilishining sifat ko‘rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va mashina konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 02/023-1987-son ma’lumotnomasi). Natijada mashina ish organlarining turlari va ularni ramada joylashtirish sxemasi asoslanib, mashina konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
yopiq tonnellar o‘rnatiladigan yo‘laklar tuprog‘ini poliz ekinlari ekish uchun tayyorlash uchun ishlab chiqilgan mashina O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi va Chiroqchi tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 avgustdagi 02/023-1987-son ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan mashinani poliz ekinlarini yopiq tonnelli plyonka ostida etishtirish uchun tuproqqa ishlov berishda qo‘llash har gektar maydonga sarflanadigan yonilg‘i-moylash mahsulotlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni mos ravishda 1,38 martaga va 33,4 foizga kamayishi ta’minlangan.