Abidov Qudrat G‘ayratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nasos stansiyalari elektr yuritmalarining o‘z-o‘zidan ishga tushish jarayonlarini hisoblash nazariyasi va usullari hamda ularning energiya samaradorligining oshishiga olib keluvchi yangi texnik echimlarni tatbiq etish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/T318.
Ilmiy maslahatchi: Xashimov Aripdjan Adilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Tolyagan Sirajiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xoshimov Foziljon Abidovich, texnika fanlari doktori, professor; Ioannis Rampias, fan doktori, professor (Gresiya).
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meliorativ nasos stansiyalarining texnik-ishlatish ko‘rsatkichlarini oshirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish va nasos qurilmalarini o‘z-o‘zidan ishga tushishining funksional imkoniyatlaridan foydalanib bu bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nasos qurilmasining yugirish holatidagi qarshilik momentini hisobga olgan holda asinxron elektr yuritmaning o‘z-o‘zidan muvaffaqiyatli ishga tushish oralig‘ini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
statik va dinamik rejimlarni hisobga olgan holda nasos qurilmasining o‘z-o‘zidan ishga tushishini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan va asoslangan;
teng quvvatli manbadan ta’minlanadigan bir nechta nasos qurilmasi bir vaqtda o‘z-o‘zidan ishga tushirilganda nasos stansiyalari ishining tejamkorligini oshirish usuli va qurilmasi ishlab chiqilgan;
olingan tajriba ma’lumotlar asosida nasos stansiyalarining barqaror ish rejimlarida o‘z-o‘zidan ishga tushirishning energiya tejovchi usuli va vositasi ishlab chiqilgan;
texnologik qurilma asosida elektr ta’minotining avariyali uzilishlarida nasos stansiyasining turib qolishini istisno etadigan elektr yuritmaning o‘z-o‘zidan ishga tushish sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nasos stansiyalarini energiya samaradorligining oshishiga olib keluvchi, elektr yuritmalarini o‘z-o‘zidan ishga tushish jarayonlarini tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos agregatlarini o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda ishga tushirish uchun qurilmaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro petentlari olingan (“Nasos agregatlarini o‘z-o‘zidan avtomatik ravishda ishga tushirish uchun qurilma”, №IAP 02749-2001 y., “Elektr tarmoqlaridagi kuchlanish o‘chirilganida nasos agregatlarining elektr dvigatellarini o‘z-o‘zidan ishga tushish zonasini aniqlash usuli”, №IAP 02671-2001 y.). Natijada Amu-Zang nasos stansiyasida to‘rtta nasos qurilmasini o‘z-o‘zidan ishga tushirishga erishilgan, bu xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga ish holatini tiklash vaqtini va ta’mirlashga kapital xarajatlarni, yangidan ishga tushirilayotgan nasos qurilmalari bosim trubalarini suv bilan to‘ldirishga elektr energiya sarfini qisqartirish imkonini bergan va yiliga 100 mln. so‘m iqtisodiy samara olingan;
nasos stansiyasidagi nasos qurilmasi bosimini doimiylik yuritmasi bilan avtomatik ushlab turish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro petenti olingan (“Nasos stansiyasidagi nasos qurilmasi bosimini doimiylik yuritmasi bilan avtomatik ushlab turish usuli”, №IAP 02954-2002 y.). Natijada «Peredgissarskoy NGRE» nasos stansiyalarida joriy etishdan olingan iqtisodiy samara yiliga 80 mln. so‘mni tashkil etgan;
elektr tarmoq kuchlanishi uzilganida nasos agregatlari elektr dvigatellarini o‘z-o‘zidan ishga tushirish zonasini aniqlash usuli yordamida nasos stansiyalari ishining ishonchliligi va samaradorligini oshirish uchun o‘z-o‘zidan ishga tushirish sxemalari Amu-Zang nasos stansiyasida joriy etilgan (O‘zR Davlat Suv xo‘jaligi nazoratining 2019 yil 21 oktyabrdagi 195-son ma’lumotnomasi). Natijada bir yilda 200 mln. so‘mlik iqtisodiy samara olingan.