Eshpulatov Nodir Mamatqurbonovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish elektrotexnologiyasi», 05.05.07–Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1330.
Ilmiy rahbar: Radjabov Abduraxman, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Yusubaliev Ashirbay, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Olimjon Tursunboevich, texnika fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrofizik ta’sirlardan foydalanib, meva va uzum sharbati ishlab chiqarishni energiya samarador elektrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
meva va uzumdan sharbat olishning yuqori energetik ko‘rsatkichini ta’minlovchi elektrofizik ta’siri asosida ishlov berishning energiya samarador yangi elektrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
elektr impul`sli ishlov berish asosida sharbat ishlab chiqarish elektrotexnologiyasining rejimlari aniqlangan va optimal parametrlari asoslangan;
meva va uzumdan maksimal sharbat ajratib olishni hisobga olgan holda elektr impul`sli ishlov berish parametrlari va sharbat ko‘rsatkichlari orasidagi funksional bog‘liqlik aniqlangan hamda sharbat chiqishini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
sharbat ishlab chiqarish texnologik liniyasining unumdorligi va energiya sig‘imini hisobga olgan holda energiya va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish elektrotexnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
meva va uzumga sharbat olishdan oldin elektr impul`sli ishlov berish qurilmasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Delta muhandis» MChJda joriy qilingan (“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 iyuldagi AC/05­2­1114­son ma’lumotnomasi). Natijada meva va uzum sharbati ishlab chiqarishda elektr energiya sarfini 15–20% ga kamaytirish imkoni yaratilgan;
meva va uzum sharbati ishlab chiqarishning energiya samarador elektrotexnologiyasi va qurilmasi Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Delta muhandis» MChJda olma sharbati ajratib olishda joriy etilgan (“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 iyuldagi AC/05­2­1114­son ma’lumotnomasi). Natijada olma sharbati ishlab chiqarishni mavjud texnologiyaga nisbatan 6–8% ga oshirish imkonini bergan;
zararli mikroorganizmlarni kamaytirishni ta’minlaydigan elektr impul`s ishlov beruvchi qurilma Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Delta muhandis» MChJda joriy etilgan (“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 23 iyuldagi AC/05­2­1114­son ma’lumotnomasi). Natijada sharbatni pasterizatsiyalash harorati 15 gradusga kamaytirilishi va sharbat ajratib olish 6–8% oshishi hisobiga yiliga 26911742 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish