Shodiev Ma’rufjon Kobuljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzluksiz texnologik jarayonlarni nazorat qilish uchun virtual analizatorlarni qurish va yaratish konsepsiyasi», 05.03.01–Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T342.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Azizbek Nodirbekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Paraxat Maylievna, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Ismat Inagamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni nazorat qilish va takomillashtirilgan boshqarishga mo‘ljallangan zamonaviy virtual analizatorlarni qo‘llashning muammoli masalalariga samarali echim beradigan konsepsiyani ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘lchanmaydigan, qiyin yoki past chastota bilan o‘lchanadigan parametrlarni, jumladan mahsulot sifatini baholash uchun tarkibida virtual analizatorlari bo‘lgan takomillashtirilgan ilg‘or boshqarish tizimi sintezlangan;
yuqori moslashuvchanlikka ega virtual analizatorlar qurish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
sifatning virtual analizatorlarini qurish va yaratishning tashqi g‘alayonlar o‘zgarishiga moslashuvchanligini ta’minlovchi konsepsiya ishlab chiqilgan;
tashqi g‘alayonlarga turg‘un bo‘lgan virtual analizatorlarni qurish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarni nazorat qilishning virtual analizatorlarini adaptatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
virtual analizatorlarning faoliyat ko‘rsatish muddatini uzaytirish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni takomillashtirilgan boshqarish tizimi tarkibidagi virtual analizatorlarni qurish va yaratish konsepsiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sifatning virtual analizatorlarini qurish va yaratishning tashqi g‘alayonlar o‘zgarishiga moslashuvchanligini ta’minlovchi konsepsiya «ONIKS-Toshkent» MChJda joriy qilingan («O‘zAvtosanoat» AJning 2019 yil 6 noyabrdagi 09/03-25-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot sifatini oshirish imkonini bergan va yaroqsiz mahsulot chiqishi kamaygan;
tashqi g‘alayonlarga turg‘un bo‘lgan virtual analizatorlarni qurish konsepsiyasi “ONIKS-Toshkent” MChJda joriy qilingan («O‘zAvtosanoat» AJning 2019 yil 6 noyabrdagi 09/03-25-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor mahsulot sifatini bashorat qilish imkoni yaratilgan;
texnologik jarayonlarni nazorat qilishning virtual analizatorlarini adaptatsiyalash algoritmi «ONIKS-Toshkent» MChJda shisha ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan («O‘zAvtosanoat» AJning 2019 yil 6 noyabrdagi 09/03-25-2524-son ma’lumotnomasi). Natijada tayyor mahsulot sifatini tahlil qiluvchi virtual analizatorni xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish imkonini bergan.