Kamilov Shukrullo Xabibillaevichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qadimiy qorishmalarni tadqiq qilish va tarixiy obidalarni ta’mirlash uchun ularning yangi tarkiblarini ishlab chiqish», 05.09.05–Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1225.
Ilmiy rahbar: Tulaganov Abdikabil Abdunabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti, DSc.27.06.2017.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Bahridin Baratovich, texnika fanlari doktori, professor; Maxamataliev Irkin Muminovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ishratxona maqbarasini barpo etishda foydalanilgan qurilish qorishmalarini tadqiq etish va ta’mirlash uchun tarixiy qorishmalarga mos qorishma tarkiblarini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tarixiy texnologiya bo‘yicha pishirilgan gipsda ko‘p komponentli mahsulot hosil bo‘lishini hisobga olgan holda qorishmaning gidratatsiyasi ikki bosqichda ro‘y berishi nazariy jihatdan asoslangan; 
tarixiy texnologiya bo‘yicha pishirilgan gips tarkibini asosan yuqori haroratda pishgan  gips tashkil etishi aniqlangan; 
tarixiy obidadagi foydalaniladigan joyini hisobga olgan holda ta’mirlash uchun qurilish qorishmalarining tarkiblari ishlab chiqilgan;
gips asosida ta’mirlash uchun ko‘p komponentli gips va mineral qo‘shimchalardan foydalanish hisobiga qorishmalarning mustahkamligi va suv ta’siriga chidamliligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qadimiy qorishmalarni tadqiq qilish va tarixiy obidalarni ta’mirlash uchun ularning yangi tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ta’mirlash uchun ishlab chiqilgan qurilish qorishmalarining tarkiblari Samarqand shahridagi Ishratxona maqbarasini konservatsiyalashda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2019 yil 10 oktyabrdagi 01-01/676-son ma’lumotnomasi). Natijada maqbaraning umrboqiyligi va konservatsiyalash ishlari sifati oshirilgan;
tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash uchun gips asosidagi qurilish qorishmalarini tayyorlash va foydalanish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar “Madaniy meros LITI” MChJ va “Madaniy me’ros ta’mirlash-tiklash” DUKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2019 yil 10 oktyabrdagi 01-01/676-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishlarini bajarishdagi samaradorlikni 1,2 marta oshirish imkonini bergan. 
ishlab chiqilgan gips tarkibli qurilish qorishmalarining tarkiblari “Madaniy meros LITI” MChJ va “Madaniy me’ros ta’mirlash-tiklash” DUKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamentining 2019 yil 10 oktyabrdagi 01-01/676-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’mirlash uchun qurilish qorishmasi tarkiblarini ishlatiladigan joyiga qarab belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish