Abduraxmonov Xusniddin Zakirxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik detallarini tayyorlash uchun 3D asosida sifatli quymalar olish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T716.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latipovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 3D asosida sifatli quyma mahsulotlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
quymakorlik mahsulotlarini olishda 3D bosma yordamida tayyorlangan modeldan qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
3D texnologiya asosida  mahsulot ishlab chiqarishda tezlik va ekstruder diametri o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi ishlab chiqilgan;
3D texnologiya asosida  mahsulot ishlab chiqarishda sarf materiali xossalari va ekstruder diametri o‘rtasidagi bog‘liqlik grafigi ishlab chiqilgan; 
mashinasozlik detallarini ishlab chiqishda bir martalik qolipni tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
quymakorlik modelini quymakorlik qolipdan nuqsonsiz ajratib olish rejimi ishlab chiqilgan;
3D texnologiya asosida  olingan modelli bir martalik quymakorlik qoliplarga suyuq metal quyish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mashinasozlik detallarini tayyorlash uchun 3D asosida sifatli quymalar olish texnologiyasini ishlab chiqish uchun olib borilgan tadqiqotlar  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
quymakorlik modellarini 3D bosma asosida olish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 9 apreldagi  02-06-07/4487-son ma’lumotnomasi). Natijada modelni tayyorlashda uning geometrik o‘lchamlarining aniqligi 15–20% ga ortishining imkoni yaratilgan;
mashinasozlik detallarini ishlab chiqishda bir martalik qolip tayyorlash texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 9 apreldagi 02-06-07/4487-son ma’lumotnomasi). Natijada quyma mahsulotlar olishdagi unumdorlik 10–12% ga ortishining imkoni yaratilgan;
bir martalik qolipdan modelni ajratib olish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 9 apreldagi  02-06-07/4487-son ma’lumotnomasi). Natijada nobop mahsulotlarning miqdorini 8–10% ga kamayishining imkoni yaratilgan; 
bir martalik qolipga suyuq metallni quyish texnologiyasi “Navoiy mashinasozlik zavodi”ga joriy qilingan (“Navoiy Kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 9 apreldagi  02-06-07/4487-son ma’lumotnomasi). Natijada yuza tekisligining ortishi oqibatida mahsulot sifati 10–15% ga ortishining imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish