Mirxasilova Zulfiya Kochkarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er osti suvlaridan foydalanib sug‘oriladigan erlarning suv ta’minotini oshirish (Farg‘ona viloyati misolida)», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1039.
Ilmiy rahbar: Yakubov Murat Adilovich, texnika fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Murodov Rustam Anvarovich, texnika fanlari doktori; Shermatov Yormat, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: GIDROINGEO instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatida suv taqchil yillarida er ostidan tortib olinadigan suvlarning miqdori va sifati shakllanishining qonuniyatlarini aniqlashdan va xalq xo‘jaligida ishlatish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyati hududlarida suv va er resurslaridan foydalanishning zamonaviy holati baholangan va gidrogeologik xususiyatlarini hisobga olgan holda er osti suvlarining shaklanish holati asoslangan;
suv-tuz balanslarini hisoblash usuli tumanlar bo‘yicha sizot suvlar chuqurligi va suv taqchil yillarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ekinlarni sug‘orish uchun to‘liq er osti suvlaridan foydalanish texnologiyalari asoslab berilgan;
er osti suvlarida foydalanganda ularning tuproq-meliorativ jarayonlarga salbiy ta’sirining oldini olish uchun qo‘shimcha suv berish usullari suv-tuz balansi modeli yordamida takomillashtirilgan;
er osti suvlarini egatlab sug‘orishda ishlatishda ularning egat uzunligi bo‘yicha fil`tratsiyani aniqlash usuli matematik model yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan erlarini hozirgi sharoitlarda baholashning ilmiy tadqiqotlari asosida:
Farg‘ona viloyati hududlarida suv va er resurslaridan foydalanishning zamonaviy holati va er osti suvlarining shakllanishiga oid takliflar Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 04/25-382-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda kam suv resurslariga ega bo‘lgan rayonlar uchun meliorativ choralar belgilash rejalashtirilgan;
suv-tuz balanslarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Quva tumani irrigatsiya bo‘limida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 04/25-382-son ma’lumotnomasi). Natijada sug‘oriladigan erlarda optimal meliorativ holatining me’yoriy qiymatlari aniqlangan;
ekinlarni sug‘orish uchun to‘liq er osti suvlaridan foydalanish texnologiyalari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Quva tumani irrigatsiya bo‘limida va “Gaynazarov Raimjon fayz” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 04/25-382 sonli ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning Quva tumani “Gaynazarov Rayimjon Fayz” fermer xo‘jaligi sug‘orish maydonlarida er osti suvlaridan qo‘shimcha manba sifatida foydalanilgan va paxta hosildorligini 5,4 s/ga oshirishga erishilgan;
er osti suvlarida foydalanganda ularning tuproq-meliorativ jarayonlarga salbiy ta’sirini oldini olish uchun qo‘shimcha suv berish me’yorlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida va Quva tumani irrigatsiya boshqarmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 04/25-382-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga qarab sug‘orish me’yorlari aniqlangan;
er osti suvlari bilan foydalanish xususiyatlari va viloyatning har xil zonalarida drenaj suvlarining shakllanish qonuniyatlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Sirdaryo So‘x irrigatsiya tizimi havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasida va Farg‘ona viloyati “Musajon Ismoilov” suv iste’molchilar uyushmasida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 25 yanvardagi 04/25-382-son ma’lumotnomasi). Natijada drenaj suvlarini sug‘orishga qo‘shimcha foydalanish ilmiy asoslangan, sug‘oriladigan erlarning suv ta’minotini 18–20% ga oshirish imkonini bergan.