Mirzaev Najmiddin Normatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Traktor transmissiya agregatlari detallariga bo‘lgan talabni moydagi eyilish mahsulotlari bo‘yicha aniqlash uslubiyatini ishlab chiqish», 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1311.
Ilmiy rahbar: Irgashev Amirqul, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc. 28.02.2018.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Rustam Utkurovich texnika fanlari doktori, professor; Babashev Qutlimurat Aytmuratovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mashina agregatlari detallarining moydagi eyilish mahsulotlarining miqdori asosida ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabini aniqlash uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tishli g‘ildiraklar, dumalash podshipniklari va shlisali birikmalarning agregat moyi tarkibidagi eyilish mahsulotlarining miqdori bo‘yicha ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
agregatga davriy ravishda moy quyib borilganda eyilish mahsulotlarining miqdori o‘zgarishini baholash uslubiyati ishlab chiqilgan;
abraziv muhitda ishlovchi g‘ildirak tishlaridan, dumalash podshipniklari va shlisali birikma qismlaridan agregat moyiga tushuvchi eyilish mahsulotlarining miqdorini baholash imkonini beruvchi nazariy bog‘lanishlar aniqlangan;
shesternya tishlaridan agregat moyiga tushuvchi eyilish mahsulotlarining miqdorini aniqlash maqsadida g‘ildirak tishining profili bo‘yicha uning eyilish epyurasini qurish uslubiyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Traktor transmissiya agregatlari moyidagi eyilish mahsulotlarining miqdori bo‘yicha ehtiyot qismlarga bo‘lgan talabni aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
agregatga davriy ravishda moy quyib borish bilan undagi eyilish mahsulotlarining miqdorini zudlik bilan baholash imkonini beruvchi uslubiyat “Surxondaryoagroservis” MChJ MTPda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 14 iyundagi 09-03/03-818-son ma’lumotnomasi). Natijada traktorga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni kutish vaqti 20–30% ga kamayishiga erishilgan;
abraziv muhitda ishlovchi shlisali birikmalardan agregat moyiga tushuvchi eyilish mahsulotlari miqdorini aniqlash imkonini beruvchi uslubiyat “Surxondaryoagroservis” MChJ MTPda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 14 iyundagi 09-03/03-818-son ma’lumotnomasi). Natijada traktorga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda turib qolish vaqtini 25–30% ga qisqartirish imkoni yaratilgan;
shesternya tishlaridan agregat moyiga tushuvchi eyilish mahsulotlarining miqdorini aniqlashda tish profilining epyurasini qurish uslubiyati “Surxondaryoagroservis” MChJ MTPda joriy etilgan (“O‘zagroservis” AJning 2019 yil 14 iyundagi 09-03/03-818-son ma’lumotnomasi). Natijada tishli g‘ildirakning, dumalash podshipniklarining va shlisali birikmalarning texnik holatini tashxislash vaqti 40–50% ga qisqarishi ta’minlangan.