Muratov Oybek Ashirbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv omborli girouzellardagi ochiq suv tashlovchi inshootlarning ekspluatatsion ishonchliligini baholash», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi; 05.09.01–Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T960.
Ilmiy rahbarlar: Ashrabov Anvar Abbasovich, texnika fanlari doktori, professor; Yangiev Asror Abdixamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSs.27.06.2017.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ishanxodjaev Abduraxmon Asimovich, texnika fanlari doktori, professor; Mavlonov To‘lqin Mavlonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ochiq suv tashlash inshootlari elementlarining yoriqqa bardoshliligi va beton himoya qatlamini karbonizatsiyalanish alomatlari bo‘yicha temir-beton konstruksiyalarining ishonchliligini hisoblash va xizmat muddatlarini aniqlashning usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotexnika inshootlari temir-beton konstruksiyalarining xizmat muddatlarini hisoblash usuli betonning yoriqqa bardoshliligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan;
ochiq suv tashlash inshootlari avariya ssenariysi ishlab chiqilgan va ishonchliligi “Ishdan chiqish daraxti” usuli asosida baholangan;
gidrotexnika inshootlari temir-beton konstruksiyalarining xizmat muddatlarini hisoblash usuli xizmat muddati bo‘yicha xavfsizlik koeffisientini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
gidrotexnika inshootlari temir-beton konstruksiyalarining uzoq muddat ishlashini hisoblash usuli, beton himoya qatlamining karbonizatsiyalanishini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishonchlilikni hisoblash usullarini va elementning yoriqqa bardoshliligi va ochiq suv tashlash inshootlari beton himoya qatlamini karbonizatsiyalanish alomatlari bo‘yicha temir-beton konstruksiyalarining xizmat muddatini aniqlashni takomillashtirish asosida:
gidrotexnika inshootlari temir-beton konstruksiyalarining xizmat muddatlarini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Suvloyiha” DUKda Tarqabchugay suv omborining gidrotexnika inshootlar rekonstruksiyasi loyihasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiya tadbirlarining o‘tkazish muddatlarini aniqlashga va ta’mirlash bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlarini ratsional taqsimlash imkoniyatiga erishilgan;
temir-beton konstruksiyalarining va suv tashlash inshootlari elementlarining xizmat muddatlarini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Toshkent viloyati suv omborlarini ekspluatatsiyasi boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Natijada ekspluatatsiya tadbirlarining o‘tkazish muddatlarini aniqlashga va ta’mirlash bo‘yicha ekspluatatsiya xarajatlarini ratsional taqsimlash imkoniyatiga erishilgan;
gidrotexnika inshootlari temir-beton konstruksiyalarining ishlash muddatini hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Janubiy Mirzacho‘l kanalini ekspluatatsiyalash boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Gidrotexnika inshootlarning korrozion va sovuqqa chidamliligini oshirish uchun sifat jihatidan yangi materiallarni ishlatish natijasida Janubiy Mirzacho‘l kanali inshootlaridagi beton va temir-beton konstruksiyalarining ishlash muddatlarini oshirishga imkoniyat yaratilgan;
ochiq suv tashlash inshootlari avariya ssenariysi va ishonchliligini baholash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi “Uzvodremekspluatatsiya” Respublika birlashmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 30 avgustdagi 03/25-3412-son ma’lumotnomasi). Natijada Hisorak suv omborining suv tashlash inshootlari texnik ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilgan.