Abdiev Orifjon Xofizovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lentali konveyerlar asinxron motorlarining o‘tkinchi jarayonlarini matematik modellashtirish», 05.05.02–Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T1012.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzabaev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori; Toirov Olimjon Zuvurovich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik korxonalaridagi konveyer transporti asinxron motorlarining o‘tkinchi jarayonlarini matematik modellashtirish orqali konveyerlardan foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirish, foydali qazilmalarni tashish xarajatlarini kamaytirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
konveyerlar lentasi va roliklarining haqiqiy qarshilik koeffisientlarini aniqlash asosida asinxron motorlarning qarshilik momentlarini hisoblash metodikasi takomillashtirilgan; 
yirik bo‘lakli yuklarning hajmi, miqdori va tezligini hisobga olgan holda lentali konveyer yuritmasining qo‘shimcha quvvat sarfini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
konveyerning uzunligi va o‘rnatilgan qiyaligiga bog‘liq holda talab etiladigan asinxron motorning quvvatini aniqlash usuli takomillashtirilgan; 
ko‘mir konlaridagi lentali konveyerlar qo‘shimcha qarshilik momentlarini inobatga olgan holda asinxron motorlarni ishga tushirish va tormozlash rejimlarining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Lentali konveyerlar asinxron motorlarning ishlashi va o‘tkinchi jarayonlarining ko‘rsatkichlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
lentali konveyer asinxron motorlarning ishga tushirish va tormozlash rejimlari “O‘zbekko‘mir” AJ Angren filialida joriy etilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2019 yil 23 yanvardagi 01-13/149-son ma’lumotnomasi). Natijada lentali konveyer transportini to‘xtab turish vaqtini qisqartirish hisobiga yiliga 369 096 000 so‘m tejash imkonini yaratgan;
lentali konveyer uskunasining ish rejimiga ta’sir etuvchi omillarni matematik modeli “O‘zbekko‘mir” AJ Angren filialida joriy etilgan (“O‘zbekko‘mir” AJning 2019 yil 23 yanvardagi 01-13/149-son ma’lumotnomasi). Natijada lentali konveyerlarning ishlab chiqarish unumdorligini 5% ga oshirish imkonini yaratgan; 
lentali konveyer asinxron motorlarning matematik modeli va dinamik rejimlarning hisoblash dasturi “O‘zbekko‘mir” AJ Angren filialida joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019 yil 28 martdagi NZP/1647-19-son ma’lumotnomasi). Natijada lentali konveyer transportini to‘xtab turish vaqtini 3% qisqartish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish