Shadieva Shodiya Shuxratovnaniig
Falsafa fanlari  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yallig‘langan parodont to‘qimasida sitokin status va og‘iz bo‘shlig‘ining nospesefik himoya tizimi», 14.00.21- Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2016.2.PhD/Tib375  .
Ilmiy rahbar: Alimov Alisher Sadikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.31.10.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubova  Zul`fiya Hamidovna, tibbiyot fanlari nomzodi., Shukurova   Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori . 
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ining sitokin statusi va nospesifik himoya tizimi holatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mikroorganizmlar qobig‘ini (lipopolisaxaridlar) qondagi miqdor ko‘rsatkichining ortishi og‘iz suyuqligidagi makrofaglar spontan va indusirlangan faolligi kuchayishiga mutanosib ravishda bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor lipopolisaxarid va  immunkompleks tipli parodont to‘qimasi yallig‘lanishida so‘lak va qondagi sitokinlar (IL-1, IL-4, IL-6, INF-u) miqdorining ortishi yallig‘lanish jarayoni kuchayishi bilan o‘zaro proporsional bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor immunkompleks tipli parodont to‘qimasi yallig‘lanishida so‘lakdagi endotelin (ET-1) miqdorining qon zardobidagi miqdoridan yuqori bo‘lishi og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonining tarqalganlik darajasiga mos bo‘lishi isbotlangan; 
ilk bor autoimmun holati bilan kechadigan yallig‘lanishda qon va so‘lakda aylanib yuruvchi immun komplekslar (AYuIK) va komplement komponentlari (S3, S5a) miqdorining ortishi parodont to‘qimasi va qon-tomir endoteliyasi hujayralari emirilishiga sabab bo‘lishi asoslangan.
IV. Tadqiqot iatijalarining joriy kilinishi.
Parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ining sitokin statusi va nospesifik himoya tizimi xolatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Parodont patologiyasida immun tizimi markerlarini aniqlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 yanvardagi 8n-r/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklarida immunitetning hujayraviy va gumoral bo‘g‘inidagi buzilishlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikning oldini olishga xizmat qilgan;
«Parodont yallig‘lanishida shilliqli to‘siqning holatini aniqlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 iyundagi 8n-r/229-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati nospesifik himoya tizimi xolati ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarini aniqlash kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklarida og‘iz bo‘shlig‘ining sitokin statusi va nospesifik himoya tizimi xolatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Buxoro viloyati stomatologiya klinikasi, Buxoro viloyati bolalar stomatologiya klinikasi va 1-sonli Toshkent stomatologiya klinikasi  amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/157-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar parodont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklari bilan xastalangan bemorlarda tashxislash va o‘z vaqtida davolash uslubini qo‘llash orqali kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga va tibbiy yordamga murojaatlarini kamaytirishga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish