Tursunmuratov Turdimurat Maxamatqulovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Global texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga evroatlantik omilning ta’siri”, 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ss5.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Baxtiyor Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSs 27.06.2017.Tar/Yu/I/Ss/24.01.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Nihola O‘zbekovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Qosimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Abdurayimov Sobirjon Sayiljonovich, harbiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: global texnologik rivojlanish sharoitida evroatlantik tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish asosida  O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini mustahkamlash va barqaror rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geosiyosiy va geoiqtisodiy raqobat sharoitida evroatlantik omilning mintaqada tashqi kuchlarning ta’siri muvozanatini ta’minlashga ko‘mak bergan holda, O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini mustahkamlashga ijobiy ta’siri asoslab berilgan;
global texnologik rivojlanish sharoitida Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosati doirasida Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan O‘zbekiston Respublikasining muhim o‘rin tutishi mamlakat texnologik salohiyatining yuksalishi va barqaror rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etishi ochib berilgan;
Evropa Ittifoqi va NATO tomonidan ajratilgan maqsadli mablag‘lar va texnik qo‘llab-quvvatlash asosida narkotiklar noqonuniy tarqalishining oldini olishning axborot-kommunikatsion va koinot texnologiyalariga asoslangan mintaqaviy xavfsizlik tizimini yaratish va O‘zbekiston Respublikasining xavfsizlik tizimini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan;
Markaziy Osiyo mintaqasi seysmik faol hududda joylashganligi hamda mintaqa davlatlarida, xususan, O‘zbekiston Respublikasida yirik sanoat korxonalarining miqdori ortib borayotganligidan kelib chiqib, NATOning favqulodda holatlar bo‘yicha markazlari va ilmiy fondlari bilan hamkorlikda texnogen xarakterdagi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha milliy tizimni yaratishga yo‘naltirilgan innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ochib berilgan;
Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratilgan strategiyalari va dasturlarida O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlarning o‘zga xos xususiyatlari hamda ulardagi real ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holatlarning etarli darajada hisobga olinishining hamkorlik doirasidagi loyihalar samardorligiga ijobiy ta’siri  asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Global texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga evroatlantik omilning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Evroatlantik tuzilmalarning Markaziy Osiyodagi siyosiy faoliyati xalqaro munosabatlarning ushbu hududdagi segmenti shakllanishiga sezilarli darajada ijobiy ta’siri mavjudligi bo‘yicha berilgan xulosadan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot-tahliliy faoliyatida hamda turli darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar uchun material sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati doirasida AQSh, EI va NATO bilan hamkorlikka oid optimal qarorlar qabul qilinishiga xizmat qilgan;
Markaziy Osiyoda AQSh va EIning faol tashqi siyosati mintaqa davlatlariga, o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati doirasida erkin harakat qilish imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot-tahliliy material tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati doirasida evroatlantik tuzilmalar va boshqa hamkorlar bilan teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
AQSh, EI va NATO tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar hajmining boshqa xalqaro institutlarning mablag‘lari hajmiga nisbatan kamligi evroatlantik tizimlarining mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi rolining pasayishiga olib kelgani bo‘yicha xulosadan O‘zbekiton Respublikasining EI bilan hamkorligini kuchaytirishga oid tahliliy materiallar tayyorlashda va turli darajadagi diplomatik uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining  2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining EI bilan olib borayotgan hamkorligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
mamlakat iqtisodiyotiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etish va hududlarida autsorsing asosida yuqori texnologiyalarni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash asosida, joylardagi inson kapitalidan va xorijiy texnologik platformalardan foydalangan holda texnologik murakkab xarakterdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining EI va AQSh bilan hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan tahliliy ma’lumotnomada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining AQSh va EI davlatlari o‘rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotiga innovatsion texnologiyalarni jalb etishning EI va NATO ilmiy fondlari va boshqarmalari bilan hamkorlik asosida samarali amalga oshirilishi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining mamlakatning texnologik rivojlangan davlatlar bilan hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan axborot tahliliy materiallarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2018 yil 12 sentyabrdagi 02-2/50693-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif O‘zbekiston Respublikasining EI va NATO bilan hamkorligi asosida ilmiy-texnologik salohiyatni mustahkamlashiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish