Berdalieva Gulasal Abduqunduzovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.08–Maktabgacha ta’lim va tarbiya  nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped285.    
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot  instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  PhD.29.12.2018.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabova Zulfiya Narbaevna, pedagogika fanlari nomzodi, professor;  Riskulova Kamola Djumaevna, pedagogika  fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish tizimini rivojlantirish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishning differensial va integrativ shart-sharoitlari motivatsion, kreativ, faoliyativ, refleksiv, diagnostik imkoniyatlari uyg‘unlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida badiiy asarlar, didaktik o‘yinlar, tasviriy san’at namunalari misolida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasi faoliyatlilik, ierarxiklik, mantiqiylik, dinamiklik tamoyillaridan  hamda mul`timediyali elektron ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish asosida takomillashtirilgan;
nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlashga o‘rgatishning  tuzilmaviy modeli fikrlash operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash, tasniflash) va fikrlash xususiyatlari mustaqillik, kreativlik komponentlari asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlash darajasini baholash mezoni so‘z boyligi rigidligini (vokabulyatorining) aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
maktabgacha yoshdagi bolalarni nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi  1-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-503-son ma’lumotnomasi). Natijada tarbiyalanuvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda mustaqil fikrlashga o‘rgatish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mustaqil fikrlashga o‘rgatish metodikasini faoliyatlilik, ierarxiklik, mantiqiylik, dinamiklik tamoyillari asosida takomillashtirishga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2019 yil 10 oktyabrdagi  05-1071-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan  (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-503-son ma’lumotnomasi).  Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning mustaqil fikrlashga o‘rgatish  metodikasini takomillashtirishga  xizmat qilgan;  
nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarning mustaqil fikrlash operatsiyalari va fikrlash xususiyatlari bilan bog‘liq takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 391-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 15 martdagi 03-01/1-503-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talablarini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish