Baykunusova Gulmira Yuldibaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘spirinlarda hasad hissi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Psi29.
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Farfieva Kamola Atxamovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘spirinlarda hasad hissi rivojlanishi hamda namoyon bo‘lishiga tarbiyaviy-psixologik ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk o‘spirinlik davrida hasad hissining yosh, jins hamda ijtimoiy jihatdan namoyon bo‘lish xususiyatlarining psixologik negizlariga tayangan holda zamonaviy ichki antogonizm tamoyiliga asoslangan amaliy psixologik yordam samaradorligi ko‘rsatib berilgan;
hasadgo‘ylik hissiga asoslanuvchi salbiy shaxslararo munosabat shakllari shakllanishini profilaktika qilish orqali ilk o‘spirinlar akademik guruhlarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni qo‘llab-quvvatlash bilan, yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratishning nosog‘lom raqobat, agressiv xatti-harakatlar, nizoli xulq rivojlanishining oldini olish imkoniyatlari asoslangan;
ilk o‘spirinlik davrida shaxs rivojlanishining mezon ko‘rsatkichi sifatida havas va hasadga moyillik darajasini belgilovchi differensial diagnostik mezonlari hasadning hulq-atvordagi ifodasi, hasad va havasning ambivalentligi, havasning hasadga transformatsiyasi kabi belgilari aniqlangan;
shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omil sifatida hasadgo‘ylik hissini maxsus hamda tizimli tadqiq etish orqali hissiyotlarning fanda ma’lum an’anaviy tasniflarini to‘ldirishga xizmat qiluvchi mualliflik kategoriyalari – stenik-havas va astenik-hasad hamda ularning ilmiy asoslari – semantik tahlil, tizimli lokalizatsiyasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘spirinlarda hasad hissi shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ilk o‘spirinlik davrida hasad hissining yosh, jins hamda ijtimoiy jihatdan namoyon bo‘lish xususiyatlarining psixologik negizlariga tayangan holda zamonaviy ichki antogonizm tamoyiliga asoslangan amaliy psixologik yordam samaradorligi bo‘yicha taklifi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yili 11 noyabrdagi PM-10-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari o‘qituvchi-talabalariga ko‘rsatilgan amaliy psixologik xizmat sifatini oshirishga erishilgan;
hasadgo‘ylik hissiga asoslanuvchi salbiy shaxslararo munosabat shakllari shakllanishini profilaktika qilish orqali ilk o‘spirinlar akademik guruhlarida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni qo‘llab-quvvatlash bilan yoshlarning ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratishning nosog‘lom raqobat, agressiv xatti-harakatlar, nizoli xulq rivojlanishining oldini olish imkoniyatlari asoslash bo‘yicha taklifi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yili 11 noyabrdagi PM-10-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun tayyorlanadigan amaliyotchi psixologlarda kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish sifatini oshirishga erishilgan;
ilk o‘spirinlik davrida shaxs rivojlanishining mezon ko‘rsatkichi sifatida havas va hasadga moyillik darajasini belgilovchi differensial diagnostik mezonlari hasadning hulq-atvordagi ifodasi, hasad va havasning ambivalentligi, havasning hasadga transformatsiyasiga oid tavsiyalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2-son buyrug‘ining “Jamiyatda dolzarb ijtimoiy muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va hal etish bo‘yicha ilmiy psixologik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularda qo‘llaniladigan samarali metodlarni ishlab chiqilishini ta’minlash” metodikasiga tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yili 11 noyabrdagi PM-10-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning bo‘lg‘usi amaliy psixologlarining pedagogik-psixologik ishlari samaradorligi oshirilgan;
shaxsning individual va ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omil sifatida hasadgo‘ylik hissini maxsus hamda tizimli tadqiq etish orqali, hissiyotlarning fanda ma’lum an’anaviy tasniflarini to‘ldirishga xizmat qiluvchi mualliflik kategoriyalari stenik-havas va astenik-hasad hamda ularning ilmiy asoslari semantik tahlil, tizimli lokalizatsiyasi takliflari Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi 2-son buyrug‘ining “Davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus va tizimli muammolar bo‘yicha amaliy psixologik tadqiqotlar o‘tkazib, ularning echimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish” metodikasiga tatbiq etilgan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yili 11 noyabrdagi PM-10-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliy psixologlar nazariy-kasbiy tayyorligi sifatini oshirish imkoniyatlari yaxshilangan.