Narzullaev Akmal Xollinorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida korroziyani ingibirlovchi kompozisiyalar olish va amaliyotda qo‘llash», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T579.
Ilmiy rahbar: Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.30.08.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Berdimurodov Elyor Tuxlievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi sanoat mahsulotlari va turli xil funksional guruhlarni o‘z ichiga olgan birikmalar asosida tarkibida fosfor, azot- va oltingugurt tutgan ingibirlovchi kompozisiyalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy xomashyolar asosida fosfor-, azot- va oltingugurt tutgan korroziya ingibitor kompozisiyalari sintezining maqbul sharoitlari va ushbu kompozisiyalarning tuzilishi aniqlangan;
olingan fosfor-, azot- va oltingugurt tutgan korroziya ingibitor kompozitlarining fizik-kimyoviy, elektrokimyoviy xossalari aniqlangan;
fosfor-, azot- va oltingugurt tutgan geterotsiklik birikmalarning addukt bilan kimyoviy ta’sirlashuv mexanizmlari va olinadigan korroziya ingibitor kompozisiyalarining tarkibi aniqlangan;
olinadigan korroziya ingibitor kompozisiyalarining fizik-kimyoviy va ingibirlovchi xususiyatlari addukt tarkibidagi komponentlar nisbatiga bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida fosfor-, azot- va oltingugurt tutgan korroziya ingibitor kompozisiyalarini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kroton al`degid, di(tio)amidofosfatlar va tiomochevina bilan sianur kislotadan foydalanib korroziya ingibitor kompozisiyalarini sintez qilish va ko‘p funksiyali ingibitorlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi ingibirlovchi sistemalar «Gissarneftgaz» QKda amaliyotga joriy etilgan («Gissarneftgaz» QKning 2019 yil 22 fevraldagi 745/02-GNG-son ma’lumotnomasi). Natijada kroton al`degid, sianur kislota, atsetal`degid va di(tio)amidofosfat asosida olib borilgan ishlar natijasida import o‘rnini bosuvchi ingibitorlarni olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan korroziya ingibitor kompozisiyalari «Navoiyazot» AJda va «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida korroziyaga qarshi suv aylanma sistemalarida joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2019 yil 26 avgustdagi 01/3-5140-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosadigan korroziya ingibitor kompozisiyalari olingan va ular asosida metallarni samarali himoya qilish texnologiyasi yaratilgan.