Nurimbetova El`mira Jumamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy shakllanish dinamikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.03–Inson kasbiy faoliyati psixologiyasi (yuridik psixologiya) (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Psi4.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.27.06.2017.Psi01.07.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Pulat Sobirovich, psixologiya fanlari doktori; Agzamova Elena Yur`evna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy shakllanish dinamikasida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash va ularni tadqiq etishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kasbiy-muhim shaxsiy sifatlar nizoli vaziyatlarda javob berish tiplari, shaxsiy xavotirlanish, hissiy holat, motivatsiya va mas’uliyatlilik xususiyatlari namoyon bo‘lishining qiyosiy tahliliga yo‘naltirilgan shaxs xususiyatlari dinamikasi aniqlangan;
ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida xavotirlanishning o‘rta darajasi, nizoli vaziyatlarda javob berishning «hamkorlik» tipi, «muvaffaqiyatga intilish» va «muvaffaqiyatsizlikdan qochish» motivatsion tendensiyalari, yuqori mas’uliyat, konstruktiv hissiy holat mavjudligi va namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ichki ishlar organi xodimlari faoliyatining kasbiy shakllanishini belgilovchi tavakkalchilikka moyillik, ijobiy motivatsiya, murakkab kasbiy topshiriqlarni tanlash va qaror qabul qilishda javobgarlik, o‘z kasbining muhimligini anglash, jamoaviy ish kabi ijtimoiy-psixologik xislatlar ochib berilgan;
nizoli vaziyatlarni tartibga solish, mehnat faoliyatida “o‘zini” anglashni rivojlantiruvchi xulq-atvor komponentlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy shakllanish dinamikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kasbiy-muhim shaxsiy sifatlar nizoli vaziyatlarda javob berish tiplari, shaxsiy xavotirlanish, hissiy holat, motivatsiya va mas’uliyatlilik xususiyatlari namoyon bo‘lishining qiyosiy tahliliga yo‘naltirilgan shaxs xususiyatlarining dinamikasi aniqlanganligiga doir olingan natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda mutaxassislar tizimini (ichki ishlar organlari xodimlari) tayyorlash va qayta tayyorlash” yo‘nalishi hamda markaz filiallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi 01/451-son ma’lumotnomasi). Natijada soha vakillari uchun kasbiy shaxsiy sifatlarini shakllantirish ishlarining ilmiy-metodik tavsiyalari kuchaytirilgan;
ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida xavotirlanishning o‘rta darajasi, nizoli vaziyatlarda javob berishning «hamkorlik» tipi, ichki ishlar shaxsining «muvaffaqiyatga intilish» va «muvaffaqiyatsizlikdan qochish» motivatsion tendensiyalari, yuqori mas’uliyat, konstruktiv hissiy holat aniqlanganligiga doir olingan natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi «Ijtimoiy himoyaga muhtoj va huquqiy jihatdan xatarli guruhlarga kiradigan bolalarga psixologik xizmat ko‘rsatishda mutaxassislar tizimini (ichki ishlar organlari xodimlari) tayyorlash va qayta tayyorlash” yo‘nalishi hamda markaz filiallari amaliyotiga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2019 yil 14 oktyabrdagi  01/451-son ma’lumotnomasi). Natijada soha vakillarida psixologik xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan;
ichki ishlar organi xodimlari faoliyatining kasbiy shakllanishini belgilovchi tavakkalchilikka moyillik, ijobiy motivatsiya, murakkab kasbiy topshiriqlarni tanlash va qaror qabul qilishda javobgarlik, o‘z kasbining muhimligini anglash, jamoaviy ish kabi ijtimoiy-psixologik xislatlar ochib berilganligiga doir olingan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi PM-11son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatida shaxslararo munosabatlarni shakllantirishga oid ilmiy, o‘quv-metodik ta’minoti kuchaytirilgan, bu o‘z navbatida kasbiy muloqot samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
nizoli vaziyatlarni tartibga solish, mehnat faoliyatida «o‘zini» anglashni rivojlantiruvchi xulq-atvor komponentlari ishlab chiqilganligiga doir olingan natijalar Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatiga joriy qilingan  (Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 13 noyabrdagi № PM-11son ma’lumotnomasi). Natijada kurs tinglovchilarining kasbiy faoliyati davomida samaradorlikni kuchaytirishga oid bilimlarini kengaytirishga imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish