Abduraximov Xodjiakbar Abduraxmanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Yog‘-moy sanoatiga oqava suvlarni ishlab chiqilgan koagulyantlar kompozisiyalarini qo‘llab, kompleks tozalash», 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/K66.
Ilmiy maslahatchi: Mutalov Shuxrat Axmadjonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.28.03.2018.K/T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Qulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmetov Izzat Dusimbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Rovshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘-moy sanoati oqava suvlarini ishlab chiqilgan koagulyantlar kompozisiyalaridan foydalanib kompleks tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren, Sulton-Uvays va Auminzatau (Zaquduq uchastkasi) kaolinlarining kislotada eriydigan xillarining ko‘p hosil bo‘lishiga kuydirish haroratining ta’siri aniqlangan;
ilk bor maksimal unum bilan, xlorid va sul`fat kislota eritmalari bilan dastlabki ishlov berilgan kaolinni qo‘llab, alyuminiy va temir oksidlari aralashmasi olingan;
kaolinlarni kislota eritmasi bilan dastlabki qayta ishlov berib, metall oksidlarini maksimal darajada ajratib olishning ya’ni ular 40% li sul`fat kislota eritmasida, 500-5500S harorat va 90 minut; 30%li xlorid kislota eritmasida, 400-4500S harorat va 90 minut kuydirish vaqti optimal sharoit ekanligi aniqlangan;
ilk bor oqava suvlarni chiqindilardan tozalashda temir (III) sul`fat va alyuminiy sul`fatning massa nisbati Fe2(SO4)3:Al2(SO4)3 =1:5-1:15 bo‘lganda koagulyantning koagulyasiya qobiliyatiga antagonistlik qilishi, Fe2(SO4)3:Al2(SO4)3=1:20-1:25 oraligida esa sinergizmi aniqlangan;
yog‘-moy korxonasi oqava suvlarini tozalash jarayonida ishlab chiqilgan koagulyantlarning ikki xil samarasi, ya’ni anorganik birikmalarni koagullashi va moy, yog‘ va yog‘ kislotalarini flotatsiyasi aniqlangan;
lokal yog‘-moy korxonasi oqava suvlarini kompleks tozalash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘-moy sanoati oqava suvlarini ishlab chiqilgan koagulyantlar kompozisiyalaridan foydalanib, kompleks tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sulton-Uvays va Auminzatauning Zaquduq konlari kaolinlarini qayta ishlab koagulyant olish texnologiyasi «Turon Xodjeyli» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 10 oktyabrdagi AA/01-1234-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy alyuminiy saqlovchi minerallar - Angren, Sulton-Uvays va Auminzatauning Zaquduq uchastkasi konlari kaolinlaridan samarali chet elnikidan 2,5 barobar arzon kompozision koagulyantlar olish imkonini bergan;
koagulyantlar kompozisiyasi yog‘-moy sanoati korxonalari oqava suvlarini tozalashda «Turon Xodjeyli» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2019 yil 10 oktyabrdagi AA/01-1234-son ma’lumotnomasi). Natijada koagulyantlar oqava suvlarni me’yor darajasigacha tozalash imkonini bergan;
tabiiy kaolinlarning kimyoviy tarkibi va ulardan olinadigan koagulyantlarni taxlili bo‘yicha ma’lumot va xulosalar asosida kimyo texnologiya va ekologiya yo‘nalishidagi bakalavrlarga mo‘ljallangan «Analitik kimyo» fanidan darslik tayyorlashda foydalanilgan (2019 yil 4 oktyabrdagi 892-022-son guvohnoma). Natijada darslik ularning koagulyantlar olish, analiz qilish va qo‘llash bo‘yicha bilimlarini boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.