Mamajanov G‘ulomjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nitro- va diatsetat sellyulozalaridan lak-bo‘yoq materiallarini olish texnologiyasini yaratish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T976. 
Ilmiy rahbar: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.29.12.2018.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Sidiqov Abdujalil Sidiqovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida sellyuloza tutgan ikkilamchi xomashyo asosida xossalarini yaxshilash bilan nitrobo‘yoqlar (kalloksilin) va atsetat bo‘yoqlarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi usul asosida past konsentratsiyali nitrat kislotasi ishtirokida nitro- va diatsetat sellyuloza sintez qilingan;
sintez qilingan sellyuloza efirlari tarkibining haroratga, sintez davomiyligiga, komponentlarning dastlabki nisbatiiga va muhitning rN-ga bog‘liqligi aniqlangan;
past konsentratsiyali kislotalar ishtirokida nitro- va diatsetat sellyulozalar olish jarayoni asoslangan, ularning strukturaviy tahlili va termik barqarorligi isbotlangan;
nitratlashtiruvchi vosita sifatida past konsentratsiyali nitrat kislotasining kiritilishi sellyuloza nitratining olinishiga va ular asosidagi materiallarning ekspluatatsion xossalarining yaxshilanishiga olib kelishi isbotlangan;
nitro- va diatsetat sellyulozalar olishning texnologik usuli va past konsentratsiyali kislotalar ishtirokida sellyuloza efirlarini olish jarayonining maqbul texnologik parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nitro- va diatsetat sellyulozalaridan lak-buyoq materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
past konsentratsiyali nitrat kislotasi va sellyulozali ikkilamchi mahsulotlardan nitrotsellyulozalar olish texnologiyasi «Farg’onaazot» AJning «amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2019 yil 9 dekabrdagi 14-7551-son ma’lumotnomasi). Natijada nitro- va diatsetat sellyuloza efirlarining fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
tarkibida sellyuloza tutgan mahsulotlarni nitrolash jarayonining texnologik parametrlari «Farg’onaazot» AJning «amaliyotga joriy qilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O’zkimyosanoat» AJning 2019 yil 9 dekabrdagi 14-7551-son ma’lumotnomasi). Natijada nitrotsellyuloza va diatsetat sellyulozalar asosida lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish