Abdulxaev Tolibjon Dolimjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «NH4ZSM-5 seolitida qutbli va qutbsiz molekulalarning adsorbsiya differensial issiqligi va izotermasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/K162. 
Ilmiy rahbar: Kuldasheva Shaxnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.30.09.2019.T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Vaxitovich, kimyo fanlari doktori, professor; Salixanova Dilnoza Saidakbarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: NH4ZSM-5 tipdagi seolitlarda gaz va bug‘larning adsorbsiya izotermasi va to‘liq termodinamik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv, uglerod (IV) oksidi, n-geptan, benzol va metil, etil spirtlarni NN4ZSM-5 seolitida adsorbsiyalanishining to‘liq termodinamik tavsiflari (DN, DG va DS) va izotermasi , hamda ularni mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasi (MHTN) ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
NN4ZSM-5 seolitida suv, uglerod IV oksidi, benzol va metil spirtlarning adsorbsiya issiqligi pog‘onali ko‘rinishda bo‘lib,  issiqlikning yuqori pog‘onalarida seolit tarkibidagi NN4+ soni bilan o‘zaro adsorbsiyasi  korrelyasion bo‘lishi aniqlangan;
NN4ZSM-5 seolitida suv, uglerod IV oksidi, n-geptan, benzol va metil, etil spirtlarining adsorbsiya xususiyatlaridan seolit tuzilishi, ya’ni ammoniy kationlarini soni va joylashishi aniqlangan;
NN4ZSM-5 seoliti kristall strukturasida ammoniy kationlari ekranlashmagan holatda joylashgan xamda adsorbsiya jarayonida turli xil ion-molekulyar komplekslarni hosil bo‘lishi isbotlangan;
NH4ZSM-5 seoliti tarkibidagi NH4+ kationi hisobiga kationsiz formasiga nisbatan suv molekulari adsorbsiyasi ikki barobar ko‘p borishi (kationsiz 9,8 H2O/el.yach.) aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida yuqori aniqlikdagi adsorbsiyaning to‘liq termodinamik tavsiflari (DN, DG va DS) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
NH4ZSM-5 seolitida adsorbsion-kalorimetrik metod hamda adsorbsiyani differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va termokinetikalari asosida olingan natijalar MU-FZ-2017102584 raqamli «NaLTA, CaLTA va sodalit molekulyar g‘alvirlarida mezbon-mexmon bog‘lanish mexanizmlari» loyihasida adsorbentlarni nanostrukturasida suv va uglerod (IV) oksidi molekulalari bilan ta’sir darajasi hamda qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 17 dekabrdagi 4/1255-3282-son ma’lumotnomasi). Natijada tiokarbamidli NaLTA, CaLTA va sodalit molekulyar g‘alvirlarida hosil bo‘ladigan kompleks birikmalarni aniqlash imkonini bergan;
NH4ZSM-5 seolitidan Namangan viloyati "SUV OQOVA" DUKda oqova suvlar tarkibidan fenol, benzol, turli xil neft` mahsulotlaridan tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 noyabrdagi 02-02/8-1582-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlarni organik qo‘shimchalardan 85% tozalash imkonini bergan;
NH4ZSM-5 seolitidan “KARBONAM” MChJda oqova suvlar tarkibidagi organik moddalardan tozalashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 22 noyabrdagi 02-02/8-1582-son ma’lumotnomasi). Natijada oqova suvlar tarkibidagi organik birikmalarni 90–92% gacha tozalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish