Xamdamov Mirzabotir Mirzaxaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dekspantenol dori shakllari texnologiyasi va ularni standartlashtirish», 15.00.01–Dori texnologiyasi; 15.00.02–Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Far30.
Ilmiy rahbarlar: Karieva Yokut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Dusmatov Aziz Fayzamatovich, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xalida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Tulaganov Abduqodir Abduraxmonovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun dekspantenol saqlagan tabletka va gel` dori shakllari tarkibini tanlash, texnologiyasini ishlab chiqish va standartlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribani matematik rejalashtirish usulida regenerativ faolikka ega dekspantenolning gel` dori shaklini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yordamchi moddalar majmuidan foydalangan holda dekspantenol tabletkalarini nam donadorlash usulida olish texnologiyasi yaratilgan;
dekspantenol gel` va tabletka dori shakli uchun tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda chinlik va yot moddalarni aniqlash ko‘rsatkichlarini standartlash usullari ilmiy asoslangan mezonlarga yondashgan holda ishlab chiqilgan;
biofarmatsevtik nuqtai nazardan ishlab chiqilgan dori shakllarining yuqori biologik samaradorligi isbotlangan;
ishlab chiqilgan dekspantenol preparatining spesifik faolligi va bezararligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dekspantenol dori shakllari texnologiyasi va ularni standartlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dekspantenol gel` dori shakli uchun ishlab chiqilgan KFM «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUKga qayd qilish uchun taqdim qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati; 2019 yil 3 dekabrdagi 29/01-2320-son xati). Natijada ushbu loyiha applikatsion dori shakllari asosida yaralarni samarador va xavfsiz davolash imkonini beradi;
«ZIYO NUR FARM» XK bilan hamkorlikda dekspantenol geli uchun ishlab chiqilgan tajriba-sanoat reglamenti tasdiqlangan (OPR 03873-22477731-2019). Natijada mazkur tajriba-sanoat reglamentining tasdiqlanishi regenerirlovchi ta’sirga ega dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida dekspantenolning gel` va tabletkalari uchun spesifik farmakologik faolligi tekshirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada yara bitkazuvchi va yallig‘lanishga qarshi ishonchli faollikka ega va bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.