Abduazimxodjaev Aziz Nodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suvlangan tektonik buzilish zonalarini ajratishda geofizik usullarni komplekslash (To‘polon suv ombori misolida)», 04.00.06–Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/GM59.
Ilmiy rahbar: Sadikova Lola Renatovna, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya va geofizika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti, Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti, Seysmologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Lutfulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori; Dolgopolov Feliks Gennad`evich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekgidrogeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvlangan tektonik buzilish hududlarini ajratish imkonini beradigan geologik-geofizik usullarining qulay kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesimning yuqori qismidagi tektonik tuzilishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladigan samarali geofizik maydonlarini aniqlashning eng qulay usullarini tanlash uslubi asoslangan;
miqdoriy tahlil orqali taqqoslashga asoslangan seysmorazvedka va elektrorazvedka usullarini komplekslash sxemasi asoslangan;
seysmik korreksiya qilish usuli takomillashtirilgan;
tektonik, gidrologik va geomorfologik muammolarni hal qilishda kosmik suratlarini qayta ishlashning avtomatlashtirilgan usullaridan foydalanish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suvlangan tektonik buzilish zonalarida geofizik usullarni komplekslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tektonik buzilishlarni muhandis-geofizik tadqiqotlash metodikasi «O‘zbekgidrogeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya ko‘mitasining 2019 yil 22 avgustdagi 10/13-son ma’lumotnomasi). Natijada suv fil`tratsiyasi xossalari, turi va geometriyasi va joylashuvi aniqligini oshirish imkonini bergan;
seysmik chuqurlikni to‘g‘rilash usuli «O‘zbekgidrogeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya ko‘mitasining 2019 yil 22 avgustdagi 10/13-son ma’lumotnomasi). Natijada seysmotomografik kesimning yuqori qismidagi ommaviy bo‘lmagan qismlarini ajratish imkonini bergan;
kosmik dalillarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish tizimi «O‘zbekgidrogeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya ko‘mitasining 2019 yil 22 avgustdagi 10/13-son ma’lumotnomasi). Natijada To‘polon suv ombori hududida tektonik buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lgan fil`tratsiya zonalarini ajratish imkonini bergan.